Turğun organik ifloslantiruvçi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini ratifikatsiya qiliş tartibi töğrisidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Eslatib ötamiz, mazkur Konvensiya 2001 yil 22 mayda Stokgolm şahrida qabul qilingan. Bugungi kunda 182 ta davlat Konvensiya iştirokçisi hisoblanadi.
«Turğun organik ifloslantiruvçi moddalar haqida»gi konvensiya 2001 yil 22 mayda Stokgolm şahrida qabul qilingan va 2004 yildan kuçga kirgan. Yetakçi davlatlardan AQŞ, Italiya va Isroil konvensiyani imzolagan bölsa-da, ratifikatsiya qilmagan.
Uşbu qonun majburiy xarakterga ega, aholi salomatligi va atrof-muhitni turğun organik ifloslantiruvçi moddalardan muhofazalaş maqsadida ularni keskin qisqartirişga, taşlanmalarini töxtatişga hamda odam organizmida va ekotizimlarda qayta tiklab bölmas özgarişlarga olib keluvçi 12 ta xavfli birikma (keyingi töldirişlar hisobga olgan holda 26 ta modda) işlab çiqarilişini, işlatilişini çegaralaş yoki taqiqlaşga yönaltirilgan Konvensiyani ratifikatsiya qilişni nazarda tutadi.
Konvensiyani ratifikatsiya qiliş Özbekiston Respublikasiga turğun organik ifloslantiruvçi moddalar bilan boğliq ekologik holatning yaxşilanişiga, aholi, atrof-muhit, ösimlik va hayvonot dunyosiga yetkazilişi mumkin bölgan salbiy oqibatlarni bartaraf etişga yordam beradi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi imtiyozlari boş tizimiga qöşilişi hisobiga mamlakatimizda işlab çiqilgan mahsulotlarning eksport hajmi va geografiyasini kengaytiriş imkonini yaratadi.












