9 may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan Qaşqadaryo viloyatidagi Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari holidan xabar olinib, ularga prezident nomidan pul mukofoti, qimmatbaho sovğalar hamda davlat va jamoat taşkilotlarining esdaliklari topşirilmoqda. 

Bugungi kunda Qaşqadaryo viloyatida Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi bölgan 66 kişi hayot keçirmoqda.

Uruş qatnaşçilarining xonadonida harbiy orkestr, viloyat san'at ustalari, yoş ijroçilar tomonidan yangragan kuy-qöşiqlar, turli millatlarning milliy raqslari yiğilganlarga zavq-şavq ulaşdi.

«Meni frontga kuzatayotgan yaqinlarimning yuzidagi iztirobni yaxşi eslayman. Öşa vaqtlari yillar ötib mana şunday tinç, farovon, inson rohat-faroğatda yaşaydigan kunlar kelişini kim tasavvur qilibdi, deysiz. Doimo yurtimizning tinçligini öylayotgan, farzandlarimizning baxtli, saodatli hayot keçirişini ta'minlab berayotgani uçun Prezidentimizga ming bora rahmat aytaman. Biz uruş qatnaşçilariga körsatilayotgan bunday e'tibor va ehtiromdan boşim kökka yetdi», – deydi Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi Rözi bobo Soatov.

Viloyatda Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlariga pul mukofotlari va esdalik sovğalarini topşiriş marosimlari davom etmoqda. Şuningdek, mahalliy hokimliklar, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari ham uruş qatnaşçilari xonadonlariga taşrif buyurib, ularga özlarining esdalik sovğalarini topşirişmoqda.