“Yuksaliş” umummilliy harakati Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan birgalikda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili” Davlat dasturining amalga oşirilişini tizimli monitoring qilib bormoqda. Jumladan, joriy yilning aprel oyida 1-çorak yakunlari böyiça ma'lumot taqdim etilgan edi.
Öz navbatida, mas'ul taşkilotlar tomonidan Davlat dasturining 4 oylik ijrosi holati töğrisidagi ma'lumotlar umumlaştirilib, tahlil qilindi, deya xabar beradi “Yuksaliş” umummilliy harakati matbuot xizmati.
Unga köra, joriy yil davomida jami 274 ta bandda belgilangan çora-tadbirlarni amalga oşiriş rejalaştirilgan bölib, 117 ta bandning ijro muddati 2019 yilning yanvar–aprel oylariga töğri keladi.
Amalga oşirilgan monitoring natijalariga (2019 yilning 1 may holatiga) köra Davlat dasturining 61 ta band (52,1 foizi) ijro etilgan, ya'ni normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, çora-tadbirlar rejasi va dasturlar mutasaddi idoralar tomonidan tasdiqlangan. 45 ta band (37,4 foizi) böyiça hujjatlar loyihalari mas'ul vazirlik va idoralar tomonidan işlab çiqilib, normativ hujjatlarni qabul qiluvçi sub'yektlarga kiritilgan.
Jumladan, Toşkent şahrida “Tashkent Law Spring” birinçi xalqaro yuridik forumini ötkaziş (47-band), “Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasini işlab çiqiş (68-band), Jahon bankining “Biznesni yuritiş” reytingidagi 2020 yil yakuni böyiça barça yönalişlarda Özbekistonning örnini tubdan yaxşilaş çoralarini köriş (69-band), Yuridik şaxslar haqidagi ma'lumotlarni internet orqali oliş tizimini yaratiş (74-band), Uy-joy mulkdorlari şirkatlarida ma'muriy xarajatlarni kamaytiriş uçun professional boşqaruv kompaniyalari faoliyatini qöllab-quvvatlaş (175-band), Turizmning yangi turlarini rivojlantiriş va mavsumiylik omili ta'sirini kamaytiriş maqsadida işbilarmonlik turizmini (“MICE”) rivojlantiriş (198-band) va boşqa qator çora-tadbirlar öz vaqtida bajarilgan.
Şunga qaramay, Davlat dasturining 11 ta bandi (9,4 foizi) öz vaqtida bajarilmagan. Xususan, Qimmatli qoğozlar bozorini rivojlantiriş va uning iqtisodiyotdagi uluşini oşiriş (64-band), Davlat tomonidan mahsulot işlab çiqariş hajmini va uning narxini belgilaş amaliyotini butunlay qayta körib çiqib, bozor tamoyillarini joriy etiş (87-band) böyiça hujjat loyihalari öz muddatida lozim darajada işlab çiqilmagan, amaliy çoralar bajarilmagan.












