Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilillo Töraxöjayev Surxondaryo viloyati Muzrabot va Oltinsoy tumanlari yangi zamonaviy Davlat xizmatlari markazlari oçiliş marosimida iştirok etdi.

Davlat xizmatlari agentligining taşkil etilişi bilanoq uning tarkibiga kiruvçi Markazlarda fuqarolarga xizmat körsatiş standartlariga yuqori talablar belgilangan. Şu bois, mazkur Markazlar qisqa fursatda özlarini bir tom ostida eng kerakli davlat xizmatlarini qulay va ortiqça vaqt va pul sarflamasdan oliş mumkin bölgan unikal maydonça sifatida tanitdi. Foydalanişga topşirilgan Muzrabot va Oltinsoy tumanlari Davlat xizmatlari markazlari buning isboti.

Markazlar quruvçi va arxitektorlari xalq kiradigan joy körkam, barça qulayliklarga ega bölişi lozimligini inobatga olgan. Şu bois, interer yeçimi ham xizmat oluvçilarga yaxşi kayfiyat bağişlaydi.

Zal böylab örnatilgan belgilar davlat xizmatini olişingiz uçun qadamma-qadam yönaltiradi. Elektron navbat oliş uçun infokiosk işlab turibdi. Talonni olib, kutiş zalidagi şinam örindiqlarga joylaşişingiz mumkin. Monitorlar orqali esa navbatingiz kelgani haqida xabardor qilib, qaysi qabul oynasiga ötiş kerakligi körsatiladi.

Yanada qulaylik yaratiş maqsadida bu yerda bolalar öyingohi, ona va bola, tibbiyot xonalari hamda kafe mavjud. Bundan taşqari, mamlakat rahbari tomonidan ilgari surilgan — fuqarolarning kitobxonlik madaniyatini oşiriş kabi taşabbus ham bu yerda mujassam. Muzrabot tumani DXM binosida özbek va jahon adabiyot durdonalari namunalaridan iborat kutubxona örin olgan.

Uşbu binodan fuqarolar odatiy davlat xizmatlaridan taşqari notarius va FHDYo organlari xizmatlaridan ham foydalaniş imkoniyatiga ega. 

Fuqarolar qulayligi uçun binoda bir emas ikkita bank kassasi faoliyat yuritişi yölga qöyilgan.

Taşrif buyuruvçilar bepul WiFi'dan foydalaniş imkoniga ega.

Imkoniyatlari çeklangan şaxslar uçun tegişli pandus örnatilgan. Umuman olganda, har bir fuqaroga — alohida e'tibor, jamiyatning barça qatlamlari manfaatlari hisobga olingan.