13 may kuni Qozoğistonning Aqtau portidan ilk bor Aqtau – Toşkent konteyner poyezdida «Özbekiston temir yöllari» AJga qaraşli önta fitingli platformaga örnatilgan 20 ta yigirma futli konteynerlar yölga çiqdi.
«Özbekiston temir yöllari» xabariga köra, bu Özbekiston, Qozoğiston, Xitoy, Eron va Turkmaniston temir yöl ma'muriyatlarining Trans-Kaspiy xalqaro transport marşruti böylab yuk taşişni yanada rivojlantiriş böyiça samarali hamkorlikning mantiqiy davomi bölib, Özbekistonga qarab birinçi tranzit konteynerlari yölga qöyildi.

Bildirilişiça, bugungi kunda Özbekiston temir yöllarida konteyner taşiş masalalari böyiça tadbirkorlar uçun imkoniyatlar kengaytirilmoqda. «Öztemiryölkonteyner» aksiyadorlik jamiyati va uning tasarrufidagi filiallar temir yöl tarmoğining asosiy yuk qabul qilib oladigan va jönatadigan, şuningdek, respublikaning turli hududlariga hamda xorijga eksport-import qilinayotgan yuklarni sifatli taşib kelayotgan korxonalaridan biri.
«Öztemiryölkonteyner» AJning Toşkent filiali tarkibidagi Çuqursoy Sergeli, Xovos logistika markazlarida konteyner yuklarini ortib-tuşiriş işlari samarali bajarilyapti. Şuningdek, Ohangaron va Jizzax uçastkalarini işbilarmon doira vakillarining işonçli hamkoriga aylantiriş maqsadida logistika markazlari taşkil etilişi rejalaştirilgan.
Mazkur uçastkalarning barçasida yuk qabul qiliş uçun yetarli şaroitlar yaratilgan. Mijozlarga qulaylik yaratiş maqsadida bank filiallari, valuta ayriboşlaş, bankomat, bojxona, katta yuk omborlari, hujjatlarni rasmiylaştiriş xizmatlari, qolaversa, yuklarni belgilangan manzilga yetkazib beriş uçun yuk maşinalari ham taşkil etilgan.

«Öztemiryölkonteyner» AJning Toşkent filiali tarkibidagi Sergeli uçastkasi ham yuk qabul qilib, jönatadigan asosiy uçastkalaridan biri. Bugungi kunda UNICO LOGISTICS, Inter Rail servis, GM Uzbekistan kabi yirik transport kompaniyalari bilan samarali hamkorlik yölga qöyilgan. Mazkur transport kompaniyalari tomonidan Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya, Fransiya davlatlariga dukkakli mevalar, yarim tayyor uzum şarbatlari, qizilmiya ildizi kabi mahsulotlar eksport qilinyapti. U yerlardan esa qoğoz, metall, quriliş mollari, avto va elektrotexnika ehtiyot qismlari keltirilmoqda.
Konteynerlarda kelayotgan import mahsulotlari yuk saroylarida tuşirilib, şu yerning özida hujjatlar rasmiylaştirilyapti hamda bojxona nazoratidan ötkazilyapti va öz manziliga yetkazilmoqda, deyiladi xabarda.











