Novorossiyskka 9-sentabrga ötar keçasi uçuvçisiz uçiş apparatlari (BPLA) bilan hujum qilindi. Bu haqda şahar meri Andrey Kravçenko Telegram orqali maʼlum qildi.

Uning sözlariga köra, urib tuşirilgan dronlarning parçalari korxonalar hududiga, şuningdek, turar joy binosi yaqiniga tuşgan. Dastlabki maʼlumotlarda jabrlanganlar yöqligi aytilmoqda. Hodisa joylarida tezkor xizmatlar hujum oqibatlarini bartaraf etiş bilan şuğullanmoqda.

ASTRA naşrining oçiq manbalar asosidagi OSINT-tahliliga köra, zarbalardan söng Novorossiyskdagi mazut terminalida kuçli yonğin boşlangan. Mazkur terminal Rossiyadagi eng yirik port tarkibiga kiruvçi Novorossiysk transport uzelining muhim korxonalaridan biri hisoblanadi.

Şuningdek, şaharning boşqa qismida ham yonğin qayd etilgan. Guvohlardan biri uni videoga olgan. ASTRA maʼlumotiga köra, Volgogradskaya köçasida joylaşgan köp qavatli turar joy binosida ham yonğin çiqqan.

Novorossiysk Rossiya taşqi savdosi uçun strategik ahamiyatga ega port şaharlaridan biri bölib, uning porti Yevropadagi eng yirik portlar qatoriga kiradi. U orqali Rossiyaning jahon bozorlariga çiqariladigan neft, metall, konteyner yuklari va katta hajmdagi don mahsulotlari taşiladi.

Maʼlumotlarga köra, Rossiya don eksportining uçdan bir qismigaça Novorossiysk porti orqali amalga oşiriladi. Bunga portning mamlakatning asosiy qişloq xöjaligi hududlariga yaqin joylaşgani ham sabab böladi.

Avgust oyida ham Novorossiyskka zarbalar kuçayişi ortidan neft va don mahsulotlarini yuklaş hamda jönatiş jarayonlarida sezilarli uzilişlar kuzatilgan edi.