Abituriyentlardan hujjatlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorida körsatilgan. 

Qarorga muvofiq, 2019/2020 öquv yili qabulidan boşlab, davlat OTMlariga bakalavriatga öqişga kiriş uçun abituriyentlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilişadi.

«Şuningdek, test sinovlari taşkil etilayotgan öquv yilidan avvalgi yillarda ta'lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan (nogironligi bölgan yoki töliq davlat ta'minotidagi şaxslar bundan mustasno) test sinovlarida iştirok etişi uçun EKIH yarim baravari (101 ming 365 söm) miqdorida tölov undiriladi.

2020/2021 öquv yili qabulidan boşlab test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasini ikki bölimga ajratib, birinçi bölimga barça test topşiruvçilar uçun majburiy uçta fan – ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Özbekiston tarixi, ikkinçi bölimga abituriyent tanlagan bakalavriat ta'lim yönalişiga mos ikkita fan kiritiladi», deyiladi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib ötamiz, Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça qaror loyihasida birinçi urinişda öqişga kirolmay qolgan abituriyentlar ikkinçi va keyingi yillarda öqişga topşiriş uçun eng kam iş haqining 1 barobari (202 ming 730 söm) miqdorida tölov tölaşi, birinçi yili öqişga topşirayotganlar uçun hujjat topşiriş bepul bölişi körsatilgandi.