Toşkent şahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari tayinlandi.
Kun.uz’ga Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, Hotambek Anvaroviç Şokirov Toşkent şahar hokimining birinçi örinbosariga aylangan. U bu lavozimga tayinlanguniga qadar Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi raisining örinbosari lavozimida işlagan.
2 may kuni Toşkent şahri hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari Şerzod Xadjizadayev lavozimdan ozod etildi. Şerzod Xadjizadayev prezident raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişi davomida işdan olingan. U yoş oilalarga imtiyozli kreditlar ajratiş va kreditlarni özlaştiriş dasturlarini amalga oşiriş böyiça talab darajasida işlar olib bormagani uçun işdan ketgan.
Avvalroq, Toşkent viloyati hokimining sobiq örinbosari Alimardon Qarşiyev Toşkent şahar hokimining jamoat va diniy taşkilotlar bilan aloqalar böyiça örinbosari etib tayinlangandi.











