Toşkent şahri hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari Şerzod Rafatoviç Xadjizadayev lavozimdan ozod etildi. Bu ma'lumotni Kun.uz’ga Toşkent şahri hokimiyatidagi manba tasdiqladi.
Manba ma'lumotiga köra, Şerzod Xadjizadayev 2 may kuni prezident raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişi davomida işdan olingan. U yoş oilalarga imtiyozli kreditlar ajratiş va kreditlarni özlaştiriş dasturlarini amalga oşiriş böyiça talab darajasida işlar olib bormagani uçun işdan ketgan.
2 may kuni Şavkat Mirziyoyev raisligida «Har bir oila – tadbirkor» dasturi ijrosini sifatli taşkil etiş, aholini tadbirkorlikka keng jalb qiliş borasidagi işlar tahliliga bağişlab ötkazilgan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, «Har bir oila — tadbirkor» dasturi ijrosi joylarda mutlaqo qoniqarsiz taşkil etilgan uçun respublika komissiyasi rahbarlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari hamda Markaziy bank hududiy boşqarmalari rahbarlari ogohlantirildi.
Ma'lumot uçun, Şerzod Xadjizadayev (1973 y. t.) 2018 yil 4 oktabr kuni Toşkent hokimining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
2010 yildan 2017 yilgaça «Trastbank» rahbari bölgan Xadjizadayev 2017 yil aprelidan 2018 yil kuzigaça Markaziy bank raisi örinbosari sifatida faoliyat körsatgan.











