Kiyevning Obolon sudi Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyni prezident saylovlari vaqtida noqonuniy taşviqot qilişda aybdor deb topib, unga 850 griven (32,4 dollar) miqdorida jarima soldi.
Zelenskiyning özi sud yiğilişiga kela olmagan, şu sababli uning advokatlari işni usiz körib çiqişni söraşgan. Advokatlar Zelenskiy aybini tan olayotganiga e'tibor qaratişgan. Natijada sud bölğusi prezidentga 850 grivenlik jarima solgan.
Zelenskiy Ukraina prezidenti saylovlarining 2-bosqiçida özining saylov byulletenini ommaga körsatgan, bunday qiliş esa Ukraina qonunlari bilan taqiqlangan. U ovoz beriş sirini buzişda ayblangan.












