
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent harbiy okrugining “Chirchiq” umumqo‘shin dala o‘quv maydonida bo‘lib o‘tadigan ushbu festivalda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, boshqa vazirlik va idoralar xodimlari loyihalari bilan ishtirok etadi.

Festivalda harbiy-texnik sohaga oid ishlanmalardan tashqari hayotning barcha jabhalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan innovatsion loyihalar qabul qilinadi.
Loyihalar 30 soniyali video lavha va foto materiallar tarzida, ishlanma va ishtirokchi haqidagi to‘liq ma'lumotlar yozilgan holda (+998 93) 671-75-47 raqamning Telegram-messenjeriga yuborilishi so‘raladi.
Murojaat uchun telefonlar: (71) 269-85-08, (71) 269-85-45.











