2019 yilning birinçi çoragida Samarqand viloyat aholisi soni 3 813 600 nafarga yetdi. Yil boşidan buyon aholi soni 14,7 ming nafarga, ya'ni 0,4 foizga köpaygan. Bu haqda viloyat statistika boşqarmasi Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Viloyatning eng köp aholisi (540 400) Samarqand şahrida istiqomat qiladi. Urgut tumanida esa 496 ming, Past Darğomda 347 200, Kattaqörğonda 267 900, Samarqand tumanida 247 100 fuqaro röyxatga olingan va aynan şular viloyatning eng köp aholiga ega tumanlari hisoblanadi.
Viloyat aholisining jinsiy taqsimotiga nazar solsak, erkaklar 1 916 800 nafarni, ayollar esa 1 896 800 nafarni taşkil qiladi. Samarqand şahri, Kattaqörğon va Paxtaçi tumanlarida ayollar soni erkaklarga qaraganda köproq. Qolgan barça tumanlarda erkaklar soni köproq.
Viloyat aholisining aksariyat qismi qişloqlarda yaşaydi - 2 394 100. Şaharlarda esa 1 419 500 nafar fuqaro röyxatga olingan. Birinçi çorakda Samarqandda 19 781 tuğiliş, 3 775 ölim qayd etilgan. Yanvar-aprel oylarida 6 031 nikoh, 839 ta ajraliş röyxatga olingan. Ötgan yilning şu vaqti bilan soliştirsak, nikohlar soni 33 taga köpaygan, ajralişlar esa 75 taga kamaygan.












