Turkiya xavfsizlik xizmati mamlakat parlamentida terakt sodir etilişining oldini oldi, deb ma'lum qildi Turkiya prezidenti ma'muriyatining jamoatçilik bilan aloqalar departamenti rahbari Fahrettin Altun.

Avvalroq TRT telekanali parlamentga taşrif buyuruvçilar zaliga ikki kişi kirib, qonunçilik organi xodimlarini garovga olişga uringani haqida xabar qilgandi. Xavfsizlik kuçlari ularni öz vaqtida yöq qilişgan. Ular tanalariga portlovçi qurilma solingan qutilarni boğlab olgan bölişgan.

Ma'lum qilinişiça, ular "Inqilobiy xalq-ozodlik harakati partiyasi - front" guruhining a'zolari bölgan.

Uşbu guruh 1978 yilda taşkil topgan bölib, radikal marksça-leninça mafkura yölidan boradi. Avvalroq Turkiya hukumati mazkur guruhni qator terrorçilik harakatlarini taşkil etişda ayblagandi.