Qurolli Kuçlar Boş ştabi tomonidan Termiz garnizonida joylaşgan harbiy qismlarda bölinmalarning jangovar tayyorgarligi tösatdan tekşiriş böyiça inspektorlik maşğulotlari boşlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

14 may kuni ertalabki saharda berilgan “Trevoga” signalidan söng, garnizonda joylaşgan harbiy qism va muassasalar yuqori jangovar şaylik holatlariga keltirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Maşğulotlarning dastlabki bosqiçida garnizon hududidagi harbiy obektlarni qöriqlaş va himoya qiliş rejimi kuçaytirilib, bölinmalarning harbiy texnikalarda “Termiz” poligoniga çiqib ketişi ta'minlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Poligonga çiqqan bölinmalar mobil boşqaruv punktlarini yoyib, işga tuşurdi. Tekşiruv davomida harbiy xizmatçilarning taktik tayyorgarligi, topografiya, maxsus tayyorgarlik, ommaviy qirğin qurollaridan himoyalaniş va boşqa fanlar böyiça bilimlari sinovdan ötkazilişi boşlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bir neça kun davom etadigan tösatdan tekşiruvni ötkazişdan maqsad batalon taktik guruhlarining jangovar şayligi, harbiy xizmatçilarning jismoniy tayyorgarligi, harbiy texnika va qurol-aslahalardan unumli foydalaniş böyiça amaliy könikmalari sinaladi.