«Portu» darvozaboni Iker Kasilyas maşğulot paytida yurak xurujini boşidan ötkazgan va unga şifoxonada infarkt taşxisi qöyilgan edi.
Keyinçalik uning yuragida jarrohlik amaliyoti ötkazildi va çempionat öyinlarini yakunlay olmasligi oydinlaşdi.
Marca naşrining ta'kidlaşiça, endi 37 yoşli futbolçi faoliyatini davom ettira olmaydi. Kasilyas bu haqda yaqin orada e'lon qiladi.
Eslatib ötamiz, mart oyida Kasilyas «Portu» bilan 2020 yilgaça möljallangan yangi şartnomani imzolagan edi.
Bu mavsumda futbolçi barça musobaqalarda 42ta öyinda maydonga tuşib, 35ta gol ötkazib yuborgan va 19ta seyvni amalga oşirgan.












