Ispaniyaning «Real» va Portugaliyaning «Portu» klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas «tvitter»dagi sahifasi orqali professional futbolçilik faoliyatini yakunlaşini e'lon qildi.

«Öylaymanki, ötgan yillar davomidagi futbolçilik faoliyatimga faqat havas bilan qaraş mumkin», - deya yozadi Iker.

Ispaniyalik 39 yoşli darvozabonning faoliyatini yakunlaşi haqida 2019 yilning dekabr oyida xabar qilingan edi. Bungaça u «Portu» safidagi maşğulotlar paytida yurak xurujini boşdan keçirgandi. 

Joriy yil boşida Iker Kasilyas Ispaniya futbol federatsiyasi prezidentligi uçun saylovlarda öz nomzodini qöyişini ma'lum qilgan bölsa-da, yakunda bu fikridan qaytgandi. Ma'lumotlarga köra, Kasilyas tez orada «Real»ga qaytib, klub prezidenti Florentino Peresga maslahatçi sifatida iş boşlaydi.

  • Kasilyas futbolçilik faoliyatining asosiy qismini Madridning «Real» klubida ötkazgan, 2015 yilda «Portu» safiga ötgandi.
  • Kasilyas — futbol tarixidagi eng sovrindor darvozabonlardan biri hisoblanadi. Ispaniya terma jamoasi bilan u 2010 yilgi jahon çempionatida hamda ikki marta Yevropa çempionatida (2008 va 2012 yillar) ğolib çiqqan. «Real» tarkibida Kasilyas uç marta Çempionlar ligasi ğolibi va 5 marta Ispaniya çempionati çempioni bölgan. «Portu» bilan esa ikki bor Portugaliya çempioniga aylangan.
  • Kasilyas beş marta Xalqaro futbol federatsiyasi tarixi va statistikasi versiyasi böyiça jahonning eng yaxşi darvozaboni sifatida tan olingan. Bu rekord: italiyalik darvozabon Janluidji Buffonda ham şunday natija.