Ijtimoiy tarmoq orqali buni bildirar ekan, darvozabon juda ta'sirli maktubni ham ilova qildi:

«Muhimi – sen yurayotgan yöl, atrofingda seni örab turgan insonlardir, yakuniy natija emas. Aminmanki, bu ajoyib tarzda yakuniga yetgan ajoyib safar böldi».

Özining tahsinga loyiq faoliyati davomida 39 yoşli Kasilyas yigirmadan ortiq sovringa ega böldi, ular orasida Jahon kubogi, ikkita Yevropa çempionligi, uçta Çempionlar ligasi kubogi va beşta Ispaniya çempionligi bor. U «Real»da ötkazgan öyinlar soni böyiça (725) Rauldan keyingi örinni, milliy jamoada esa (167) Serxio Ramosdan keyingi örinni egallab turibdi. Afsona.

Quyida Iker Kasilyas bilan boğliq bir qator xodisalar eslangan. Ularning har biri darvozabonning ham insoniy fazilatlarini namoyon qiladi.

Bilbao yölidagi başorat

Şunday afsonalar yuradiki, Ikerning bunday muvaffaqiyatlariga Bilbaodan Madridga uning onasi bilan birga uçgan bir folbin sabab bölganmiş... Homiladorlikning sönggi oylarida bölgan onaga u ayol: «Öğling juda maşhur futbolçi bölib yetişadi, faqat buning uçun unga baskça ism qöyişing kerak», deydi. Şunday qilib, tuğilgan bolaga Baskoniyadagi eng maşhur ism – Iker ismi qöyiladi.

Tabiiyki, bunday afsonalar maşhur insonlar haqida köp yuradi, ularga işoniş şart emas, ammo qiziği, Iker Kasilyas «Real» tarkibidagi debyut uçraşuvini aynan Bilbaoda, «Atletik»ka qarşi ötkazgandi.

JAR maydonlaridagi qahramonlik

JARda bölib ötgan jahon çempionatida Ispaniya milliy jamoasini asosan kataloniyaliklar çempion qilgan, degan fikrlar köp aytiladi. Qaysidir ma'noda bu töğri ham: Andres Inesta, Xavi va Busketslarning öşa ğalabada xissalari juda katta edi.

Şu bilan birga, boşqa futbolçilarning ham xizmatlari pastga urilmasligi kerak, masalan Iker Kasilyasning Paragvay milliy jamoasiga qarşi öyinda penaltin qaytarişi çempionlikka sabablardan biri edi.

Yoki uning final öyinidagi qahramonliklarini eslaş mumkin. Aren Robbenning yakkama-yakka çiqib, vaziyatdan foydalana olmay, boşini uşlab qolgan holati haligaça futbol muxlislarining köz öngida. Ha, Inesta hal qiluvçi golni urgan bölişi mumkin, ammo öşa golgaça «tirik» yetib borişda darvozabonning xizmatlari katta bölgandi.