Özbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov vafot etdi.

Janoza marosimi bugun, 17 may kuni asr namozidan keyin bölib ötadi. Ijodkor Örikzor dahasidagi Said Vaqqos Ota qabristoniga dafn etiladi.

Ortiq Otajonov 1947 yil 30 yanvar kuni Xorazm viloyati Boğot tumanida tuğilgan. Özbekiston (1991 y.), Turkmaniston va Qoraqalpoğiston (1993 y.) xalq artisti. Urganç musiqa bilim yurtini (rubob sinfi böyiça, 1967 y.) va Toşkent madaniyat instituti (1980 y.)ni tugatgan. 

Milliy aşulaçilik yöllarini Komiljon Otaniyozov, şuningdek, A.Otajonov, M.Mirzayev, G.Rahimova, O.Ibrohimov va S.Sobirovlardan örgangan. Özbek davlat filarmoniyasi, “Lazgi” ansamblida xonanda (1968-81 yillar), “Lazgi” ansamblining badiiy rahbari bölgan. 

Repertuaridan Xorazm mumtoz aşulalari (Feruz I,II, savtlari bilan ”Çapandozi Suvora”, “Xorazm Dugohi” va b.),  kuyini özi bastalagan asarlar (“Zebolanib kelibsiz”, “Ona diyorim”, “Xorazm farzandiman”,”Orol dardi”, “Sening kulişlaring”, “Ibiyay”, “Boşqaça” va b.), şuningdek, afğon, turkman, ozarbayjon, rus, arab qöşiqlari örin olgan. Ijrolari 2 gramplastinka, Özbekiston radiosi fonotekasiga yozilgan. 

Kun.uz tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik izhor etadi.