Prezident Şavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni tibbiy infratuzilmani yagona master-reja asosida rivojlantiriş va soğliqni saqlaş tizimida xususiy sektor iştirokini kengaytiriş böyiça taqdimot bilan tanişdi.
Tibbiyot muassasalari aholi ehtiyojiga qarab joylaştiriladi
2026–2036-yillarga möljallangan master-rejalarni işlab çiqişda aholi soni va ösişi, tibbiy xizmatlarga ehtiyoj, şifoxonalar quvvati hamda bemorlarning muassasalarga yetib boriş vaqti hisobga olinadi.
Rejalar asosida qaysi muassasani saqlab qoliş, birlaştiriş yoki rekonstruksiya qiliş, qayerda yangi şifoxona quriş, uni qanday jihozlaş va qança mutaxassis zarurligini belgilaş közda tutilmoqda. Investitsiya dasturlari ham şu rejalar asosida şakllantiriladi.
Tibbiy infratuzilmani rejalaştirişdan oldin mavjud obyektlar xatlovdan ötkazilmoqda. Önta viloyatda ötkazilgan xatlovda sohaga tegişli 3 499 ta obyekt aniqlangan. Bu Kadastr agentligi maʼlumotlaridagidan 494 taga köp. Barça hududlarda xatlovni yakunlaş, obyektlarning elektron pasportlarini şakllantiriş va yagona raqamli reyestr yaratiş taklif etildi.
Tumanlarda şifo örinlari köpaytiriladi
Samarqand viloyati misolida tibbiy infratuzilmani qayta taşkil etiş rejalari taqdim etildi. Viloyat aholisining 80 foizi tumanlarda yaşasa-da, şifo örinlarining atigi 41,7 foizi tumanlar hissasiga töğri keladi.
Master-rejaga köra, tibbiy hududlarni qayta taşkil etiş orqali tumanlardagi şifo örinlari uluşini 67 foizga yetkaziş rejalaştirilmoqda. Bu tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlaştirişga qaratilgan.
Samarqand şahri, Urgut, Pastdarğom, Kattaqörğon, Iştixon va Payariqda yangi şifoxonalar quriş hamda mavjudlarini rekonstruksiya qiliş rejalari körib çiqildi. Şuningdek, viloyat markazidagi ixtisoslaşgan muassasalarni köp tarmoqli şifoxonalar negizida qayta taşkil etiş, markaziy laboratoriyalar, sterilizatsiya va taşxislaş xizmatlarini rivojlantiriş taklif qilindi.
Urgut, Kattaqörğon va Pastdarğomda 2030-yilgaça jami 1 500 ta yangi şifo örni yaratiş nazarda tutilmoqda.
Tibbiyot muassasalari uçun yagona talablar belgilanadi
Taqdimotda yangi binolar quriş bilan birga, tibbiy xizmatlar sifatiga ham eʼtibor qaratiş zarurligi taʼkidlandi. Poliklinika va şifoxonalarni loyihalaşda bemorlar harakatini qulay taşkil etiş, infeksion nazorat, inklyuziv muhit va xonalarni jihozlaş böyiça yagona talablarni joriy etiş taklif qilindi.

















