Toşkentda hafta davomida yoğingarçiliksiz, nisbatan iliq ob-havo kuzatiladi. Biroq bunday meteorologik şaroit atmosfera havosida ifloslantiruvçi moddalar töplanişiga olib kelişi mumkin.

Gidrometeorologiya xizmati agentligining 26-oktabr kuni xabar berişiça, poytaxtda kunduzi havo harorati 18–20 daraja, keçasi esa 8–10 daraja atrofida böladi. Şu bilan birga, 1-noyabrga qadar atmosfera inversiyasi kuzatilişi kutilmoqda.

Yoğingarçilikning yöqligi, şamolning sustligi va inversiya hodisasi havoning tabiiy tozalanişini sekinlaştirişi mumkin. Natijada çang zarraçalari va boşqa ifloslantiruvçi moddalar miqdori oşişi yoki yuqori darajada saqlanib qolişi ehtimoli bor.

Atmosfera inversiyasi nima?

Bu - havo harorati balandlik oşgan sari pasayiş örniga kötariladigan hodisa. Bunda yer yuzasiga yaqin sovuq havo qatlami ustidan iliq havo qatlami joylaşadi. Bu esa havoning vertikal harakatini çeklab, ifloslantiruvçi moddalarning atmosferaning quyi qatlamida töplanişiga şaroit yaratadi.

Agentlik taʼkidlaşiça, havo sifatining amaldagi holati nafaqat ob-havoga, balki ifloslantiruvçi moddalar çiqarilişi va boşqa omillarga ham boğliq.