Xalqaro press klubda «Özbekistonda tadbirkorlarning hukumat bilan muloqotining yangi formati" mavzusida anjuman bölib ötmoqda. Unda tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş böyiça boş vazir qabulxonalarining işga tuşiş muddatlari ma'lum qilindi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri Akmalxon Ortiqovning bayon etişiça, tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş böyiça boş vazir qabulxonalari joriy yilning 1 iyunidan iş boşlaydi. 15 iyun sanasidan boşlab tadbirkorlik faoliyati bilan boğliq ma'lumotlarni jamlovçi elektron baza iş boşlaydi. 

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning qayd etişiça, bu qabulxonalarda murojaatlarning körib çiqiş muddati odatdagidan farq qiladi. Ya'ni yönaltirilişi kerak bölgan har bir masala 2 kunda, mazmun jihatdan körib çiqiladigan murojaatlar esa 7 kun içida körib çiqilişi belgilangan.

Boş vazir zarurat tuğilganda çet ellik investorlarni şaxsan yoki videokonferensaloqa tarzida qabul qilişi ham mumkin.