16 may kuni soat taxminan 8:00da Andijon viloyat, Asaka tumani «Dasturxonçi» MFY hududidan ötgan Andijon-Şahrixon yölida «Kobalt» rusumli avtomaşina yöl çetidagi gullarni suğorayotgan uç ayolni urib ketdi. Dastlab tarqalgan xabarlarda ayollarning barçasi voqea joyida halok bölgani, bu ayollar viloyatdagi yöllarni tozalaşga va yöllar çetidagi gullarni suğorişga majburiy ravişda jalb etilgani, haydovçi voqea joyidan qoçib ketgani aytilgandi.

17 may kuni Boş prokuratura matbuot xizmati hodisa yuzasidan ma'lumot berib, ayollardan biri voqea joyida vafot etgani, biri kasalxonada jon bergani, yana biri kasalxonada qolayotgani ma'lum qilindi.

Kun.uz muxbiri bölib ötgan voqea tafsilotlarini örganiş uçun Asaka tumanida böldi.

Asaka tumanining «Dasturxonçi» qişloği Andijon-Şahrixon magistral yöli böyida joylaşgan.

Öşa kuni ertalabki soat 8:45da Dasturxonçi mahallasida yaşovçi uç ayol - Omadxon Parpiyeva, Pazilatxon Tojiboyeva va Barçinoy Kazakova katta yöl böyidagi şaklli gulzorga (mahalliy aholi uni – «landşaft gulxona», deb ataydi) suv quyayotganida fojia röy bergan.

Mazkur yöl transport hodisasiga şu yerlik boğbonlar guvoh bölişgan.

«Men Zokirjon Ahmedov, boğbonman. Şu yerda meva yetiştiramiz. Mana bu gulzor ularga biriktirilgan bölsa kerak, har kuni ertalab suv quyişar edi. Öşa kuni, juda katta tezlikda kelayotgan «Kobalt» oldidagi «Isuzu»ni öng tomondan quvib ötmoqçi bölib boşqaruvni eplolmay, yöl çetiga çiqib ketdi. Bir ğildiragi yöl çetidagi lotokka tuşib, gulzor yonida suv quyayotgan uç ayolni urib taşladi. Biri maşina zarbidan uzoqqa otilib ketgan. Ikkinçisi har qalay özini olib qoçib qattiq zarba yemadi. Uçinçisini katta tezlikdagi maşina 30 metrlargaça sudrab bordi. Haydovçi şokda bölsa kerak, nima bölayotganini anglamay qoldi şekilli, yordam berişga çaqirsak ham maşinani taşlab ketib qoldi», deydi guvohlardan biri.