«Real» sardori Serxio Ramos «Mançester Yunayted»dan yarimhimoyaçi Pol Pogbani sotib oliş ğoyasiga qarşi, deb yozadi Don Balon.
Naşrning keltirişiça, Ramos klub prezidenti Florentino Peresdan uşbu transferga qöl urmaslikni söragan. Uning fikriça, Pogbaning jamoaga qöşilişi kiyim almaştiriş xonasidagi muhitga salbiy ta'sir qiladi.
Aniqlik kiritilişiça, Serxio Polning özini tutişini Garet Beylga taqqoslab tuşuntirgan. U, şuningdek, boş murabbiy Zinedin Zidan hamyurti Pogbaga boşqalarga qaraganda ayro munosabatda bölişi ehtimoli borligini qöşimça qilgan.
Xabarlarga qaraganda, «Real» 26 yoşli yarimhimoyaçi uçun 150 mln yevro tölaşga tayyor, biroq«qizil iblislar» 180 mln söraşmoqda.
Ma'lumot uçun, Pogba bu mavsum Angliya çempionatining 35ta öyinida qatnaşib, 13ta gol urdi (7tasi penaltidan) va 9ta golga hammuallif böldi.












