Özbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov Facebook’dagi sahifasida navbatdagi bayonot bilan çiqdi.
Uning bildirişiça, Özbekistonda söz erkinligi va matbuot mustaqilligini ta'minlaş borasida olib borilayotgan islohotlar doirasida xorijiy OAV faoliyati uçun barça zarur şart-şaroitlar yaratilmoqda.
Sönggi paytda bir qator xorijiy axborot agentliklari, jumladan, «Voice of America»ning özbek xizmati, «Fergana», «Eurasianet», «China News Service» va boşqa taşkilotlarning muxbirlari akkreditatsiyadan ötkazildi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xorijiy axborot agentliklari va inson huquqlarini himoya qiliş taşkilotlari veb-resurslaridan tölaqonli foydalanişni ta'minlaş böyiça iş olib bormoqda. Xususan, yaqinda “Ozod Yevropa radiosi / Ozodlik radiosi”ning ingliz tilidagi asosiy saytiga kiriş imkoniyati tiklandi. Uşbu harakatlar yurtimizdagi keng jamoatçilik va xalqaro tuzilmalar, jumladan, YeXHT ning OAV erkinligi masalalari böyiça vakili Arlem Dezir tomonidan e'tirof etildi, deyiladi bayonotda.
“Ayni paytda, Agentlik “Ozod Yevropa radiosi / Ozodlik radiosi”ning özbek xizmati jurnalistik etikaning umum qabul qilingan me'yorlariga zid ravişda faoliyat yuritayotganidan taassufda ekanini bildiradi.

“Ozodlik” tahririyatining noxolis va asosan işonçsiz materiallarni naşr etişga qaratilgan bir yoqlama va yangliş siyosati jamoatçilik, umuman global auditoriyaning çalğişiga sabab bölib, bu vaziyat köplab savollarni keltirib çiqarmoqda. Bundan taşqari, ijtimoiy va maişiy masalalarga qasddan siyosiy tus beriş, aldov yöli bilan ma'lumot töplaş hamda audioyozuvlarni soxtalaştiriş holatlari hayratlanarlidir.
Ta'kidlaş joizki, 2018 yil sentabr oyida Toşkentda “Ozod Yevropa radiosi / Ozodlik radiosi” rahbariyati bilan bölib ötgan muloqot davomida Özbekiston ikki taraflama özaro manfaatli munosabatlarga tayyor ekani bildirilgan edi. "Ozodlik" jurnalistlariga özlarini qiziqtirgan ma'lumotlarni olişlarida va hukumat idoralari bilan aloqa örnatişlarida kömaklaşişni közda tutuvçi hamkorlik taklif etilgan edi. Afsuski, bugunga qadar ular tomonidan heç qanday javob bölmadi.












