Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko 2014 yildan beri bosib ötgan yölini xolis baholay olişi murakkabligini aytdi.

“Vaqt hammasini joy-joyiga qöyadi. Ertami-keçmi u gunohni savobdan, boşoqni begona ötdan va haqiqatni yolğondan ajratadi”, deb aytgan öz lavozimini tark etayotgan prezident Ukraina xalqiga murojaatida.

Poroşenko Ukraina hozirda 2014 yildagidan yaxşiroq holatda ekanini, bunga jamiyatning faol qismi kömagi va köpçilikning tuşunişi evaziga erişilganini aytib ötgan.

Şu bilan birga Ukraina prezidenti “umidlarini oqlay olmaganlardan, islohotlar juda oğriqli bölganlardan, şu yillar içida yolğonga duç kelib, haqiqatni topa olmaganlar”dan uzr söragan. 

“Hattoki prezident barçasini qila oladi, deb işonilsa ham, u barçasini birdaniga qila olmaydi”, deb ta'kidlab ötgan Ukraina yetakçisi.

Poroşenkoning aytişiça, u uçun eng alamlisi mamlakatda tinçlik örnata olmagani hisoblanadi.

Ukraina rahbari mamlakatda “Rossiya tajovuzidan söng yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozdan keyin turmuş darajasini tiklaş ança keçikiş bilan boşlanganini” tan olgan.

Jumladan, Poroşenko yangi saylangan prezident Vladimir Zelenskiyga muvaffaqiyat tilab qolgan. 

“Bir oygina oldin biz aşaddiy raqiblar edik. Biroq ertagayoq, u yurtim prezidenti böladi. Men sevadigan va men yevropaça kelajagiga işonadigan davlatning. Tangri Ukrainani asrasin, uning yangi rahbarini qöllab-quvvatlasin”, deb ta'kidlab ötgan Poroşenko. 

Poroşenko mamlakatning Yevropa Ittifoqi va NATOga a'zo böliş yönalişidan oğişişiga yöl qöymaslik uçun siyosatdan ketmasligini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, u qandaydir bir lavozim uçun emas, balki “davlat qurilişida erişilganlarni himoya qiliş” uçun qoladi.