Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy amaldorlarni kabinetlariga o‘z farzandlarining suratlarini ilishga chaqirdi.
"Sizlarning ish kabinetlaringizda mening suratlarim bo‘lmasligini judayam istayman, iltimos, mening suratlarim bo‘lmasin, chunki prezident – ikona yoki but emas. Prezident – portret emas", - dedi Zelenskiy Oliy radaning tantanali majlisida.
Ukraina prezidenti amaldorlardan kabinetlariga o‘z farzandlarining suratlarini qo‘yishlarini so‘radi.
"Kabinetingizga o‘z farzandlaringizning suratlarini ilib qo‘ying va har safar qaror chiqarishdan oldin ularning ko‘zlariga boqing", - dedi Zelenskiy.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 20 may kuni Vladimir Zelenskiy rasman Ukraina prezidenti lavozimiga kirishdi.

















