Prezident Volodimir Zelenskiy 4 sentabr, payşanba kuni Parijda bölib ötgan guruh yiğilişidan söng «köngillilar koalitsiyasi» Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlarining umumiy doirasi böyiça kelişuvga erişganini bildirdi. Uning ta’kidlaşiça, Ukraina Qurolli kuçlari xavfsizlik masalasida asosiy rol öynaydi. Bundan taşqari, yiğilişning barça iştirokçilari Moskva Rossiya tomonidan Ukrainaga qarşi boşlagan uruşni tugatişga qaratilgan har qanday tinçlik taşabbusini rad etayotgani haqidagi fikrga qöşildi.

26 davlat Ukrainada öt oçişni töxtatişga erişilgandan söng tinçlikparvarlik missiyasida iştirok etiş niyatida, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron «köngillilar koalitsiyasi» yiğilişi yakunida. Bu davlatlar «yoki Ukrainaga öz kontingentini yuborişga yoki dengizda va osmonda xavfsizlikni ta’minlaş uçun uşbu koalitsiyani qöllab-quvvatlaş uçun ma’lum resurslar bilan ta’minlaşga rasman kelişib oldi», deb tuşuntirdi Makron.

Uning sözlariga köra, AQŞning Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlarini qöllab-quvvatlaşi nihoyat yaqin kunlarda aniqlanadi va kelajakda Kiyev Rossiyaga qarşi sanksiyalarni Vaşington bilan bevosita muvofiqlaştiradi. Parijdagi maslahatlaşuvlarda jami 35 nafar davlat va hukumat rahbarlari iştirok etdi.