Vladimir Zelenskiy rasman Ukraina prezidenti lavozimiga kirişdi. Mamlakatning yangi saylangan prezidenti Oliy radadagi tantanali marosimda qölini konstitutsiyaga qöyib, Ukrain xalqiga qasamyod qildi.

Konstitutsion sud rahbari Nataliya Şaptala Ukrainaning yangi saylangan prezidenti konstitutsiyaning 104-moddasiga köra lavozimga kirişişi mumkinligini ma'lum qildi. U prezidentga prezidentlik ramzlari — kökrak nişoni, gerbli muhr va çöqmor topşirdi.

«Interfaks» agentligi muxbiri xabar qilişiça, parlament zalida barça deputatlar, 50dan ortiq xorijiy delegatsiyalar vakillari, jumladan xalqaro taşkilotlar, Ukrainaning sobiq prezidentlari Leonid Kravçuk, Leonid Kuçma, Viktor Yuşçenko, Petro Poroşenko, Ukraina hukumati a'zolari, çerkovlar va diniy taşkilotlar vakillari, sud tizimi vakillari hamda boşqa taklif etilgan mehmonlar hozir bölişgan.

Valentin Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Foto: Reuters
Foto: AP/TASS

Inauguratsiyadan söng Zelenskiy Ukraina qurolli quçlari qöşinlari qömondonlari bilan uçraşadi, söng çet el delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazadi.

Zelenskiy Rada binosiga Marina xiyoboni böylab kelgan. U yangi hukumatning asosiy fişkasi - fuqarolarga yaqin bölişda ekanini aytgan. Zelenskiy öz yölida odamlar bilan qöl berib salomlaşib ötgan, keyin tantanali ravişda parlament zaliga yöl olgan.