«Çelsi» Eden Azarni «Real»ga 87 mln funt (100 mln yevro atrofida) mablağ evaziga sotişga rozi. Londonliklar klubi avvaliga belgiyalik futbolçining transfer narxini 100 mln funtdan pastga tuşirişga qarşi bölib kelişayotgandi, ammo Daily Mail naşri tarqatgan xabarga köra, hozirda «Çelsi» uni kamroq narx evaziga bölsada qöyib yuborişga tayyor. 

Qayd etilişiça, klubning yon berişiga Azarning şartnomasi muddati 12 oydan keyin yakunlanişidan taşqari UYeFAning feyr-pley böyiça qoidalari ham sabab bölgan.

Bundan avvalroq futbolçining özi kelajagi böyiça qaror qabul qilgani, yangi mavsumni boşqa klubda boşlaşini ma'lum qilgandi.

Azarning «Çelsi» bilan şartnomasi muddati 2020 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi va u yangi şartnoma tuzişga rozi bölmadi. Forvard «Çelsi» safida 2012 yildan buyon töp surib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda u Angliya çempionati doirasida 37 öyinda maydonga tuşib, 16 gol urgan va 15 golga uzatma bergan.

Eslatib ötamiz, «Çelsi»ga voyaga yetmagan futbolçilarni transfer qiliş va röyxatga oliş qoidalarini buzgani uçun 2020 yil yanvariga qadar transferlar taqiqi qöyilgan.