Rossiya huquqni muhofaza qiliş organlari Özbekiston fuqarosiniki deb taxmin qilinayotgan skeletni örganmoqda.

Rossiya IIVning Orenburg oblasti böyiça boşqarmasining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, jasadning şaxsini tasdiqlaş böyiça tekşiruv işi Rossiya tergov qömitasining Orenburg oblasti böyiça tergov boşqarmasi Sol-Iletsk rayonlararo tergov bölimi yurituvida.

Eslatib ötamiz, 17 aprel kuni Rossiyaning Orenburg oblasti Oqbuloq qişloği atrofida inson qoldiqlari topilgan. Uning yonida 22 yoşli Özbekiston fuqarosi Sardor Norboyevga tegişli pasport bölgan. 

Bunday ismli yigit qiş faslida bedarak yöqolgan. 2019 yil 22 fevral kuni «Aqtöbe e'lonlari» sahifasida uning rafiqasi Kseniya Norboyeva erini topişda yordam sörab e'lon joylaştirgan.

Ommaviy axborot vositalarining yozişiça, u qişda Rossiya va Qozoğiston örtasidagi çegarani piyoda kesib ötayotganda muzlab qolgan.