Orenburg oblastida Ural daryosida suv sathi kötarilişi oqibatida yuzaga kelgan suv toşqinlari davom etmoqda. Mahalliy rasmiylar 12 aprel kuni Orenburgning ayrim rayonlarida aholi yoppasiga evakuatsiya qilinişini e’lon qildi. Şu kuni tongdagi ma’lumotlarga köra, aholisi yarim million kişidan oşadigan şaharda 4963 ta tomorqa va 2687 ta uy suv ostida qolgan, sönggi bir kunning özida 995 ta uçastka va 361 ta uyni suv bosgan. Quyida Orenburg va uning atrofidagi hududlar bugungi kunda qanday körinişda ekani aks etgan suratlar.
































