Orskda ikki töğon buzilişi
Rossiya FVV anomal suv toşqinlari tufayli Rossiyaning 39 regionida 10 mingdan ortiq uyni suv bosgani haqida ma’lum qilgan. Ammo eng oğir vaziyat — Orenburg oblastida kuzatilmoqda, bu yerda Orskdagi ikki töğon buzilgan.
Orskdagi töğon qurilişi 2010 yilda boşlangan, obekt 2014 yilda foydalanişga topşirilgan. Töğon şaharni aynan kuçli suv toşqinlaridan himoyalaş uçun kerak edi, bu yerda oldin ham uylar suv ostida qolgandi. «Agenstvo» naşri aniqlik kiritişiça, töğon qurilişi 910 million rublga tuşgan. Orskning öşa vaqtdagi rahbari Viktor Frans töğon «bundan buyon suv toşqinlari vaqtida suv bosişi xavfini butunlay aritişi»ni ma’lum qilgandi.
«Bu yilgi suv toşqini — töğon mustahkamligi uçun ilk va jiddiy sinovdir», — deya yozgandi şaharning hozirgi meri Vasiliy Kozupitsa töğon buzilişidan ikki kun oldin.

Kuçli suv toşqini tufayli birinçi töğon buzilişi 5 aprel kuni keçqurun Ural daryosining çap sohilida röy berdi — Orskning Eski şahar hududi suv ostida qoldi. Töğon buzilişigaça uşbu hududdan uç mingga yaqin kişi köçirilgandi, 6 aprel tongiga kelib yana 700 dan ortiq kişi xavfsiz hududlarga köçirildi. Ikki mingdan ortiq uy suv ostida qolgandi. 6 aprel kuni Orsk meri şaharni suv ikki-uç haftagaça tark etmasligini ma’lum qildi.
Şanba kuni Tergov qömitasi Orskdagi töğon qurilişida xavfsizlik qoidalari buzilişi va işga sovuqqonlik bilan qaraş moddalari böyiça jinoiy iş oçdi. Mahalliy prokuratura töğon yorilişi «gidrotexnik inşootni belgilangan holatda saqlaşga qaratilgan çora-tadbirlar öz vaqtida amalga oşirilmagani» tufayli sodir bölganini bildirgan.
Şahar rasmiylari Ural daryosida suv sathi töğonning loyihaviy darajasidan 4 metrga kötarilganini ma’lum qilişgan: töğon daryodagi suv sathi 5,5 metr bölişiga möljallangan, suv esa toşqin tufayli 9,6 metrgaça kötarilgan.
Orsk aholisi vakillari odamlar zudlik bilan dökonlardagi içimlik suvlarini yiğiştirib ketganini aytişgan, ammo rasmiylar Orskda içimlik suvi muammosi yöqligini bildirgan.

6 aprel kuni keçqurun ham suv köpayişda davom etdi, şahar atrofidagi yana bir neça posyolkani suv bosişi xavfi haqida xabarlar tarqaldi. Birinçi töğon buzilişidan qariyb bir kun ötib ikkinçi töğon ham buzilib ketgan. Bu safar Ural daryosining öng sohilini suv bosa boşlagan — bundan Raboçiy va Nikel posyolkalari jabrlangan, zudlik bilan aholini evakuatsiya qiliş işlari boşlangan.














