«PSJ» Kilian Mbappe uçun 250 million yevrodan kam miqdordagi takliflarni körib çiqmaydi. Bu haqda L’Équipe naşri xabar bermoqda. 

Naşr ma'lumotiga köra, «PSJ» futbolçi bilan xayrlaşişni istamaydi va şuning uçun unga juda yuqori narx belgilab qöygan.

Bundan avvalroq klub futbolçi borasida bayonot bergan va unga köra parijliklar va Mbappening hamkorligi keyingi mavsumda ham davom etişi aytilgandi.

Yakunlangan mavsumda Mbappe barça turnirlar doirasidagi 51 uçraşuvda maydonga tuşib, 43 gol urdi va 5 golga uzatma berdi.

«Real» Kilian Mbappe atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.

Xabar qilinişiça, Madriddagilar 20 yoşli fransuzning Fransiya çempionatida mavsumning eng yaxşilarini taqdirlaş marosimida aytgan sözlarini yaxşi baholaşgan. Mbappe öşanda keyingi mavsumda boşqa jamoada töp surişi mumkinligiga işora qilgandi.