Adliya vazirligi tomonidan Içki işlar vazirligi bilan hamkorlikda 16 yoşdan kattalar va 16 yoşga tölmagan voyaga yetmaganlar uçun xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş uçun yangi anketa şakllari işlab çiqildi va davlat röyxatidan ötkazildi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.
Amaldagi ariza-anketaning şakli 16 ta bandni öz içiga olgan 4 varaqdan iborat bölib, unda körsatilişi lozim bölgan ma'lumotlarning aksariyati tegişli idoralarning ma'lumotlar bazalari orqali idoralararo ma'lumot almaşiş yöli bilan aniqlanişi mumkin.
Yangi anketa şakli 1 varaqda va unda körsatilişi zarur bölgan ma'lumotlar 11 ta banddan (16 yoşga tölmagan voyaga yetmaganlar uçun 9 ta banddan) iborat bölib, tegişli kataklarni töldiriş orqali şakllantiriladigan tarzda tayyorlandi.
Oldingi ariza-anketa şaklidan quyidagilar çiqarib taşlandi:
arizaçining yaqin qarindoşlari, jumladan, ota-onasi, bolalari, agar özaro nikohda bolalari bölgan bölsa, sobiq turmuş örtoği haqidagi ma'lumotlar;
arizaçiga sud tomonidan qöyilgan, ijro etilmagan majburiyatlari mavjudligi, sudda fuqarolik da'vosi qözğatilganligi töğrisidagi ma'lumotlar;
arizaçining xorijga çiqişdan maqsadi (qaysi davlatga va maqsadi), unga nisbatan jinoyat iş qözğatilganligi haqidagi ma'lumotlar;
ariza-anketa şaklining korxona, muassasa, taşkilot yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan imzolanişi va muhr bilan tasdiqlanişi haqidagi talab;
arizaçi söngi 2 yil mobaynida qaçon va qaysi xorijiy davlatlarda bölganligi haqidagi ma'lumotlar;
arizaçi xorijiy davlatlarning qonunlariga rioya qilmagani uçun şu davlatning huquqni muhofaza qiliş xizmatlari tomonidan ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilganligi töğrisidagi ma'lumotlar;
arizaçining sönggi 5 yildagi mehnat faoliyati haqida mehnat daftarçasidan köçirma talab qiliş.
Mazkur anketa, içki işlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmalari (ma'lumotlarni yiğiş punkti)ning mas'ul xodimi tomonidan şakllantirilib, anketa bergan şaxsga taniştiriladi hamda u tomonidan imzolanadi.
Ma'lumotlarni yiğiş punktining mas'ul xodimi tomonidan anketada körsatilgan ma'lumotlarni tasdiqlovçi hujjatlarni talab qiliş taqiqlanadi.













