2019 yil 23 may kuni birja markaziy ofisida «ÖzRTXB» AJ va boşqaruvi raisi Faroxidin Ibragimov va «COSCOM»MÇJ (Ucelltm) boş direktori Vladimir Kravçenko «Özbekiston Respublikasi tovar-xomaşyo birjasi» AJ axborot tizimida pullik abonent raqamlarini realizatsiya qiliş böyiça şartnoma tuziş huquqini beruvçi elektron auksion taşkil etiş haqida kelişuv imzolaşdi.
«COSCOM»MÇJ (Ucell) – bu pullik toifalardagi öz mobil raqamlarini «ÖzRTXB» AJning yangi elektron savdo tizimi orqali realizatsiya qilişni taklif etgan birinçi uyali aloqa operatoridir.

«Özbekiston Respublikasi tovar-xomaşyo birjasi» AJ bilan şartnoma Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 avgustdagi «Elektron yarmarkalar, auksion va tanlovlar taşkilotçilarining-axborot vositaçilarining faoliyatini taşkil etiş tartibi töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş haqida»gi Qaroriga muvofiq tuzilgan va abonent telefon raqamlarini birjaning onlayn-auksioni orqali realizatsiya qiliş borasida ikki kompaniyaning özaro hamkorligini közda tutadi.
Yuqoridagi Qaror va erişilgan kelişuvlar doirasida «Özbekiston Respublikasi tovar-xomaşyo birjasi» AJ axborot tizimida elektron auksion ötkazişning muayyan qoidalari işlab çiqildi.
Ayni damda birja mutaxassislari tomonidan çiroyli sonlar ketma-ketligiga asoslangan uyali telefon raqamlarini onlayn-auksion orqali realizatsiya qiliş böyiça yangi vebsayt işlab çiqilgan va sinovdan ötkazilmoqda.

Onlayn-auksionda xaridor sifatida yuridik şaxslar (B2B) ham, jismoniy şaxslar (B2C) ham iştirok etişlari mumkin. Savdoning yangiça mexanizmi, ÖzRTXBning boşqa savdo platformalari kabi, oçiqlik, şaffoflik, soğlom raqobat va savdoning barça iştirokçilari uçun teng imkoniyat tamoyillariga asoslangan.
«ÖzRTXB» AJning yangi savdo tizimi hamda vebsayti yaqin orada işga tuşişi kutilmoqda.
Ucell – Özbekistondagi yetakçi uyali aloqa operatorlaridan biri bölib, jismoniy şaxslarga ham, tadbirkorlarga ham xizmatlar taqdim etişda zamonaviy texnologiyalarni qöllab kelmoqda. Ucell savdo belgisi 1996 yilda taşkil etilgan «COSCOM» MÇJga qaraşlidir.












