Navoiy viloyat ma'muriy işlar böyiça sudi raisi Otabek Toşevga nisbatan şu yilning fevral oyida öz xizmat xonasida sud xodimi Dilşod Norovni kaltaklagani fakti yuzasidan jinoiy iş oçildi. Bu ma'lumotni Kun.uz’ning bir neça manbalari tasdiqladi.

Eslatib ötamiz, şu yilning fevral oyida Otabek Toşev Navoiy viloyat ma'muriy işlar böyiça sudida texnik xodim sifatida faoliyat körsatadigan Dilşod Norovni köpçilikning köz öngida yerga yotqizib tepkilagani, jabrlanuvçi şifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.

Otabek Toşev Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 206-moddasida (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda ayblanmoqda. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.