Svet öçsa, «osmon uzilib yerga tuşadimi?». Elektr energiyasining mamlakat iqtisodiyoti uçun ahamiyati töğrisida
|21:57 / 23.05.201928 99712 min
Özbekiston energetika tarmoği mamlakat iqtisodiyotining muhim böğinidir. Hukmingizga havola qilib boriladigan turkum maqolalarda sohada mavjud dolzarb muammolar va ularning yeçimlari töğrisida söz boradi.
Qiymat zanjiri
«Elektr toki öçib qolgaç, şahar çuqur jimlik qa'riga çömdi. Ha, şovqin odamlardan çiqmayotgan ekan...», degan edi Mixail Jvanetskiy. Uşbu iqtibos asosan yirik şaharlar, megapolislar töğrisida aytilgan bölsa-da, elektr energiyasining har birimiz uçun bugungi kundagi ahamiyatini yaqqol körsatib bera oladi. Darhaqiqat, u bugun majoziy ma'noda «şovqin» manbaiga, ya'ni deyarli barça insoniy harakat, reja, yumuş, intiliş va maqsadlarni amalga oşiriş uçun zarur vositaga aylanib qoldi.
Insoniyat axborot asrida yaşamoqda. Innovatsion qurilmalar, smartfonlar va turli gadjetlar zamonaviy sivilizatsiyaning qözğatuvçi kuçi sifatida namoyon bölmoqda. Bu esa elektr energiyasi tobora jadal sur'atlarda kundalik maişiy hayotimizning ajralmas bölagiga aylanib boraveradi, degani.
Elektr tokining kundalik turmuşdagi ahamiyati qançalik yuqori bölmasin, buni uning mamlakat iqtisodiy hayotidagi örniga qiyoslab ham bölmaydi. Bejizga elektr energiyasini iqtisodiyot tomirida oqayotgan qonga öxşatişmaydi. Çunonçi sanoat, biznes va har qanday işbilarmonlik faoliyati uçun uning ahamiyati beqiyos.
Bugun Özbekiston iqtisodiyotining barça yönalişlarida amalga oşirilayotgan islohotlar, xususan bank-moliya, soliq ma'murçiligi, kiçik biznes sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş, milliy iqtisodiyotga çet el investitsiyalarini faol jalb etiş va boşqa qator masalalar böyiça boşlangan işlar özining hal qiluvçi pallasiga kirib bormoqda.
Modomiki oldimizga qöyilgan maqsad-marralarni yöldan oğişmay zabt etişni istar ekanmiz, energetika, xususan elektr energetika sanoati barqarorligini ta'minlaşimiz zarur.
Ta'kidlaş joizki, bugungi kunda mamlakatning turli hududlari, ayniqsa poytaxtdan olis göşalarda asosan yilning sovuq mavsumlarida yuz berayotgan elektr energiyasidagi uzilişlar mamlakat iqtisodiyotiga ulkan zarar keltirmoqda.
Uşbu zarar kölami «qiymat zanjiri» (Value Chain) nuqtai nazaridan qaraganda qançalik katta ekanini tasavvur qiliş oğriqlidir.
Mavzuga oid
Mahsulotlar va xizmatlar bozorida har bir korxona öz faoliyat yönalişidan kelib çiqib iste'molçi uçun «qiymat» yaratadi. Iste'molçiga yetkazib beriladigan deyarli barça mahsulotlar yoki körsatiladigan xizmatlar iste'molga yaroqli holga yetib kelguniça u yoki bu jihatdan qiymat qöşuvçi bir neça murakkab bosqiçlarni bosib ötadi. Köp hollarda bu jarayonlarda bir neça korxonalar iştirok etadi.
Ya'ni iqtisodiyot özaro boğliq murakkab jarayonlar yiğindisidir. Şunday ekan, unda har bir iştirokçi samaradorligidagi yöqotişlar umumiy tizim yöqotişlariga olib keladi.
Misol uçun, elektr energiyasidagi uziliş sabab öz vaqtida texnik xizmatdan ötkazilmagan avtomobillar avtota'mirlovçi korxonaning hamda avtomobil haydovçilarining işini töxtatib turiş bilan birgalikda hududda faoliyat yurituvçi yoqilği quyiş şoxobçasidagi savdoga ham oz bölsa-da ziyon yetkazadi.
Öz vaqtida tayyorlanib yetkazib berilmagan gazmol tikuvçi yoki kiyim-keçak işlab çiqaruvçi korxonaning, vaqtida yopilmagan qolipli non esa ulgurji va çakana non sotuvçilarining mehnat unumdorligiga salbiy ta'sir körsatadi.
Elektr energiyasidagi uziliş sabab soatlab «dam olayotgan» yoqilği quyiş şoxobçasining yuzlab, balki minglab xaridorlari ham yoqilği yöqligi tufayli istalmagan «hordiq»dan bahramand bölişga majbur bölişadi. Ular orasida taksi haydovçilari ham, mahsulot yoki taom eltib beriş bilan şuğullanuvçi transportlar ham, boşqa viloyatga öz ulovida yöl olişni rejalaştirgan mahalliy turistlar ham bor. Şu birgina misolning özida yuzaga kelgan noxuş vaziyatdan savdo şoxobçasi, transport xizmati, umumiy ovqatlaniş tarmoği, turizm kabi bir neça kiçik va örta biznes sohalari vakillari bevosita va bilvosita aziyat çekayotganiga guvoh bölamiz.
Misollarda qiymat zanjiriga ergaşib borsak, nafaqat u yoki bu biznes tuzilmaning xaridorlari, balki ulardan ham quyiroq poğonadagi iştirokçilar tarafidan köriladigan ziyonga duç kelişimiz mumkin. Yoqilği quyiş şoxobçasi xaridorlari orasida transport xizmati körsatuvçi avtomobillarni ham tilga olgandik. Körinib turganidek, öz vaqtida transport xizmatidan foydalana olmagan işlab çiqaruvçi korxona xomaşyo yetişmasligi sabab vaziyatning navbatdagi qurboniga aylanişi mumkin.
Şuningdek, qiymat zanjiridagi sekinlaşiş va silkinişlar biz misolda körayotganimiz korxonaga mahsulot va xomaşyo yetkazib beruvçilar faoliyatini ham çegaralaydi. Masalan, öz vaqtida yopilmagan nonlar un işlab çiqariş korxonasida tayyor mahsulot turib qolişiga, oqibatda uşbu korxona faoliyati sekinlaşuviga olib keladi. Turgan gapki, qiymat zanjirida undan oldingi poğonada turgan buğdoy yetkazib beruvçi fermer ham bundan ziyon köradi.
Tabiiyki, iqtisodiyotda bunday novvoy (yoki non sexi), avtomobil ustaxonasi, tikuvçi (yoki kiyim-keçak işlab çiqaruvçi korxona) hamda yoqilği quyiş şoxobçasidek minglab tranzaksiya iştirokçilari bor. Bu esa millionlar, balki milliardlar qiymatdagi pul, mahsulot va xizmatlar harakati sekinlaşib borişi demakdir.
Albatta, iqtisodiyotning öz-özini boşqariş mexanizmi mavjud. Bozor munosabatlarini, talab va taklif muvozanatini tartibga soluvçi «körinmas qöl» (Invisible Hand) iste'molçilar ehtiyojini qondirişning muqobil yöllarini taqdim etadi. Lekin bu har doim ham mamlakat iqtisodiyoti uçun istalgan oqibatlarga olib kelmaydi.
Misol uçun, surunkali xomaşyo yetişmasligidan aziyat çekavergan kiyim-keçak işlab çiqaruvçi korxona endilikda gazmolni mahalliy işlab çiqaruvçidan emas, balki Xitoy, Eron yoki Turkiya kabi çet mamlakatlardan sotib olişni boşlaydi. Ösayotgan iqtisodiyotlarda iste'mol hajmi doim oşib borişini inobatga olsak, u bilan parallel ravişda oşib boruvçi import hajmi mamlakat taşqi savdo debalansiga olib kelişi mumkin. Şuningdek, import xarajatlari hisobidan mahsulot tannarxi kötarilişi mumkin va bu öz navbatida, tayyor mahsulot narxi oşişiga ham sabab böladi.
Albatta, iqtisodiyot misollarda keltirilganidan köra ançayin murakkab jarayonlar yiğindisi. Ularni alohida sodda ssenariylar asosida körsatişdan maqsad konseptual yaxlitlikka erişiş orqali fikrni oson tuşuntiriş. Tanlangan misollar ham hayotdan aynan olinmagan. Real hayotda öxşaş vaziyatlar boşqa sohalarda ham yuz berişi va misollarda keltirilgan sohalarda umuman sodir bölmasligi mumkin. Lekin keltirilgan misollar elektr ta'minoti va mamlakat iqtisodiyoti örtasidagi sabab-oqibat munosabatlarini yaqqol körsatib bera oladi.
Ayrim öquvçilar korxonalar ham, iste'molçilar ham allaqaçon vaziyatga könikişgan va undan çiqiş yöllarini ham topib olişgan, deya e'tiroz bildirişlari mumkin. Töğri, lekin uşbu «könikiş» köp hollarda mamlakat iqtisodiyotiga qimmatga tuşadi. Yuqoridagi misollardan birida aytilganidek, ba'zi tadbirkorlik sub'yektlari import yölini tanlaşga majbur böladi. Yoqilği quyiş şoxobçasiga öxşagan korxonalarning esa, tanlovi yöqligi sabab, uzilişlar paytida faoliyatini töxtatib turişdan boşqa çorasi qolmaydi.
Yuqoridagilarga qöşimça sifatida, töliqsiz quvvatda faoliyat yuritişga majbur bölayotgan korxonalardan soliq tuşumlari ham kamayişini ta'kidlaş mumkin. Şuningdek, axborot tizimlari, ma'lumotlar bazasi yoki avtomatlaşgan tizimlar asosida faoliyat yurituvçi ayrim korxonalar uçun elektr uzilişlari katastrofik yöqotişlarga olib keladi. Biz misollar orqali ularga töxtalmaganimiz sababi odatda bunday korxonalar Favqulodda Holatlar Uçun Elektr Ta'minoti Tizimi (Emergency Power System) bilan jihozlanişi nazarda tutiladi.
Investitsiyalar
Har qanday biznes uçun barqaror va uzluksiz energiya resurslari ta'minoti juda zarurligini inobatga olsak, to elektr energiyasi ta'minoti mukammal holatga keltirilmas ekan, Özbekistonning olis va ovloq hududlari investorlar uçun moliyaviy jihatdan xatarli bölib qolaveradi. Bejizga elektr energiya ta'minoti Jahon banki tomonidan işlab çiqilgan xalqaro «Ease of Doing Business» indeksini belgilovçi körsatkiçlardan biri qilib tanlanmagan. Aslida ham uşbu indeksni şakllantiruvçi mezonlar har qanday mamlakatda har qanday investor uçun yuzaga kelişi mumkin bölgan xatarlar darajasini körsatadi va jamlangan holda öşa mamlakat investitsion jozibadorligini belgilab beradi. Modomiki yurtimizga investitsiya oqimini jadallaştirişni niyat qilgan ekanmiz, uşbu mavjud muammo yeçimiga ham imkon qadar tezroq yetib borişimiz kerak.
Xalqaro «Ease of Doing Business» indeksini şakllantirişda «Elektr energiya ta'minoti» mezoni böyiça baholanadigan körsatkiçlar va ularning uluşi
«Ease of Doing Business 2018» hisoboti Özbekiston tomonidan 2016/17 hisobot davri mobaynida amalga oşirilgan islohotlarni Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi böyiça eng yuqori natija sifatida baholadi. Ta'kidlaş joizki, uşbu davrda Özbekistonda amalga oşirilgan beş islohot orasida elektr energiya ta'minoti böyiça qilingan özgariş ham qayd etilgan. Bu özgariş elektr tarmoğiga yangi ulanayotgan tadbirkorlik sub'yektlari uçun loyiha va montajga aloqador barça işlarni öz içiga oluvçi «kalitgaça topşiriş» (Turnkey Service) xizmatining joriy etilişi bilan boğliq.
Biz boşqa mamlakatlardan ança ustun bölgan jihat, ya'ni elektr energiyasi narxi (darhaqiqat, Özbekiston elektr energiyasi qimmat bölmagan mamlakatlar safiga kiradi) xalqaro ekspertlar tomonidan kuzatib boriladi, lekin u mamlakatlarni «elektr energiya ta'minoti» mezoni böyiça baholaşda inobatga olinmaydi. Çunki elektr energiyasi qançalik arzon yoki qimmat bölmasin, u barça raqobatçi korxonalar faoliyatiga teng ta'sir körsatadi (Davlat tomonidan alohida korxonalarga energiya vositalari uçun preferensiyalar beriş bundan mustasno) va mamlakat umumiy biznes muhitiga katta ijobiy yoki salbiy ta'sir ötkazmaydi, deya baholanadi (Elektr energiya narxi bilan boğliq masalalar töğrisida keyingi maqolalarda batafsil töxtalamiz).
Amalga oşirilgan islohotlarga qaramasdan, hali bu yönalişda ham qilinadigan işlar yetarli. Prezidentning 13.07.2018 yildagi PQ–3852-son qarori bilan Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritiş» hisobotida Özbekiston Respublikasining körsatkiçlarini yaxşilaş böyiça «Yöl xaritasi» tasdiqlangan. Uşbu hujjatda körsatilgan çora-tadbirlar ijrosini belgilangan muddatlarda nihoyasiga yetkaziş va mamlakat va xalqimiz uçun munosib natijaga erişiş zarur.
Innovatsion rivojlaniş
Biz uning qançalik siyqasini çiqarmaylik, bugun innovatsiya urf emas, zarurat. Mahalliy işlab çiqaruvçilar va mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoşligini ta'minlaş vazifasi yangi ğoyalar, yangiça texnologik yeçimlar ustida boş qotirişni talab etadi. Ilğor axborot texnologiyalarisiz innovatsiya töğrisida söz yuritiş esa mantiqsiz.
Bugun jahon iqtisodiyotining barça jabhalariga zamonaviy texnologiyalar yuqori sur'atlar bilan kirib bormoqda. Raqamli texnologiyalarni töğri joriy qiliş mehnat unumdorligini bir neça marta oşiriş barobarida, uzoq istiqbolda mahsulot tannarxi tuşişiga ham olib keladi. Natijada, iste'molçiga yanada arzonroq va sifatliroq mahsulotlar yetkazib beriladi. Kundek ravşanki, bunday maqsad-vazifalarni amalga oşirişning, ya'ni raqobatbardoş, kuçli, moslaşuvçan raqamli iqtisodiyot barpo etişning eng asosiy şartlaridan biri barqaror elektr energiyasi ta'minotidir.
Rahimberdi MAMAYuSUPOV.
Uşbu maqolaning maqsadi öquvçiga elektr energiyasining mamlakat iqtisodiyotidagi örnini imkon qadar hayotiy misollar bilan körsatib beriş edi. Sohada mavjud muammolar va ularning yeçimlari töğrisida «Özbekiston energetika sanoati» rukni ostida e'lon qilib boriladigan keyingi maqolalarda batafsil söz yuritiladi.
Muallif haqida:
Rahimberdi Mamayusupov — Koreya Xalqaro Hamkorlik Taşkiloti (KOICA) va Aju Universiteti (Janubiy Koreya) hamkorligidagi davlat xizmatçilari uçun «Energetik Texnologiyalar va Siyosat» maxsus magistratura dasturi stipendiati, tadqiqotçi, menejment tizimlari böyiça xalqaro auditor va texnik ekspert.