«PSJ» hujum çiziğidagi Neymar – Kilian Mbappe tandemi keyingi mavsumda bölmasligi ehtimoli yuqori, deb xabar tarqatdi Sport.es.
Manbaga köra, Parij klubining ikki yetakçisi örtasida kelişmovçilik bor. Ziddiyat Neymar jamoadagi yoş öyinçilarni tanqid qilgani ortidan boşlangani aytilmoqda.
«Bizda köplab yoş futbolçilar bor. Ular kamroq gapirib, köproq kattalarni eşitişi kerak. Ba'zida tajribaliroq futbolçilar nimadir deya boşlasa, ular e'tirozlarini bildira boşlaşadi. Xuddi şunday holat murabbiy bizga nimanidir tuşuntirmoqçi bölganida ham takrorlanadi», – degandi Neymar Fransiya kubogi finalidagi mağlubiyatdan keyin.
Ma'lum bölişiça, Mbappe braziliyalikning uşbu sözlarini öziga ham qarata aytilgan, deb hisoblamoqda.
Qolaversa, Kilianni olayotgan maoşi ham qoniqtirmayapti – uning oyligi Neymarnikidan taxminan uç barobarga kam. 20 yoşli fransuzning fikriça, u joriy mavsumdagi öyinlari va mahsuldorligi bilan jamoaning eng köp maoş oladigan futbolçisi darajasida iş haqi olişga loyiqligini isbotlagan.
Şu tariqa, Neymar va Mbappe örtasidagi munosabatlarning sovuqlaşgani yozda ulardan biri jamoani tark etişi ehtimolini oşiradi.
Avvalroq braziliyalik hujumçi boş murabbiy Tomas Tuxeldan beruxsat maşğulotlarga kelmagan, undan oldin fransiyalik jamoadoşi klubdan ketişi mumkinligiga işora qilgan edi.
«Hozir hayotimning juda muhim pallasi. Menimça, faoliyatimdagi birinçi yoki ikkinçi buriliş nuqtasiga yaqinlaşyapman. Endi mas'uliyatni yelkamga oladigan payt kelganini his qilyapman. Bu «PSJ»da yoki boşqa joyda, yangi loyihada bölişi mumkin», – degandi Mbappe.












