Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi faoliyatini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorda ta'kidlanişiça, foydalanilmayotgan obektlardan samarali foydalaniş, şuningdek böş turgan va qurilişi tugallanmagan obektlarning işlab çiqariş faoliyatini tiklaşga qaratilgan investitsiya loyihalari (“yöl xaritalari”)ni işlab çiqiş böyiça idoralararo komissiyasining işçi organi funksiyalari Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi zimmasiga yuklatildi.

Vazirlikka qöşimça ravişda 70 ta boşqaruv xodimlari ştat birligi, şu jumladan Qoraqalpoğiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmalariga 5 tadan ştat birliklari ajratildi.

Qarorga muvofiq, quyidagi lavozimlar joriy etildi:

hokim örinbosari – viloyatlar va Toşkent şahar investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliği;

hokim örinbosari – tuman (şahar) investitsiyalar va taşqi savdo bölimi boşliği.

Qaror bilan ayrim viloyat, şahar, tuman hokimliklaridagi bir qator lavozimlar, jumladan, Buxoro, Samarqand, Toşkent va Xorazm viloyatlari hokimliklaridagi hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimi tugatildi.  

Viloyatlarda, tumanlarda (şaharlarda) kiçik sanoat zonalarini hamda Toşkent şahrida sanoatni rivojlantiriş borasidagi vazifalar hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça tegişli birinçi örinbosari zimmasiga yuklandi.

Şuningdek, qaror bilan Investitsiya loyihalarini işlab çiqiş markazi taşkil etilib, uning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari belgilandi. 

Markaz direktori Hukumat tomonidan tayinlanadi hamda u moddiy ta'minot, ijtimoiy va transport xizmati körsatiş şartlari böyiça vazir örinbosariga tenglaştiriladi.