Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori örinbosari Saida Mirziyoyevaning Facebook’dagi sahifasida xabar berişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, xöjalik yurituvçi sub'yektlar va boşqa taşkilotlarning jamoatçilik bilan özaro hamkorligini tubdan takomillaştiriş hamda matbuot xizmatlari faoliyatini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.

“Avval xabar qilganimdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligimizda davlat organlari matbuot xizmatlari faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan zarur takliflar hamda kompleksli normativ-huquqiy hujjat işlab çiqiş böyiça maxsus guruh tuzilgan.

Bugunga kelib muayyan natijalarga erişildi. Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, xöjalik yurituvçi sub'yektlar va boşqa taşkilotlarning jamoatçilik bilan özaro hamkorligini tubdan takomillaştiriş hamda matbuot xizmatlari faoliyatini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöymoqçiman.

Uşbu hujjat avval tilga olingan köplab muammolarni hal qiliş, ya'ni matbuot xizmatlarini davlat organlari va jamiyat örtasidagi haqiqiy işonçli köprikka aylantiriş, ularning mamlakatimiz axborot makonida samarali faoliyatini ta'minlaş, matbuot kotibi mavqeini oşiriş, uşbu xizmatlar kadrlar salohiyati va moddiy-texnika ta'minotini kuçaytiriş va hokazolarga qaratilgan.

Mazkur qaror loyihasi böyiça davlat tomonidan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy sohalarda amalga oşirilayotgan keng kölamli işlarni ham mamlakatimiz, ham xorijda yanada samarali yoritilişi maqsadida davlat tuzilmalari matbuot xizmatlari işini yaxşilaş imkonini beradigan har qanday taklif va fikrlaringizni bildirsangiz mamnun bölamiz. Şuni işontirib aytamanki, ularning barçasi hujjat loyihasini takomillaştiriş jarayonida örganiladi va e'tiborga olinadi. Tavsiya va takliflaringiz uçun avvaldan minnatdorlik bildiraman”, - deya ta'kidlab ötdi u.

Qaror loyihasi bilan quyidagi