Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşining III konferensiyasi videomuloqot tarzida ötkazildi, deb xabar bermoqda ÖzA. Unda hududlardan mingga yaqin vakillar va turli taşkilotlar rahbarlari iştirok etdi.

Hozirga qadar Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi vazifasini bajarib kelgan Aktam Ahmadoviç Haitov rais lavozimiga saylandi.

Foto: uzlidep.uz
Raisning birinçi örinbosari etib Jahongir Baxtiyoroviç Pölatov saylandi. Rais örinbosari etib Farhod Isroiloviç Nabijonov, Faxriddin Ne'matullayeviç Kuşanov saylandi.
Şuningdek, hozirga qadar viloyat kengaşlarida vazifasini bajaruvçi bölib faoliyat yuritib kelayotgan raislarning hammasi ovoz beriş yöli bilan öz vazifasiga saylandi. Endi ularga nisbatan vazifasini bajaruvçi iborasi qöllanmaydi.
Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşining videomuloqot tarzida ötkazilgan III konferensiyasida Özbekiston Respublikasi boş vazirining maslahatçisi Abrol Jabboroviç Vahobov iştirok etdi.
Aktam Haitov 2018 yilning martida prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan tanqidga uçrab, aprel oyida işdan olingan va Özbekiston Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi lavozimida iş boşlagandi.











