Jumladan, asosiy elektorati tadbirkorlar bölgan Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi raisi Aktam Xaitov Hukumat faoliyatiga baho berar ekan, Soliq qömitasi faoliyatiga alohida töxtalib ötdi.
“Soliq kodeksining 221-moddasiga köra, kassa çekini bermaganlik va terminal orqali tölovlarni qabul qilişni rad etganlik uçun 5 million söm miqdorida jarima belgilangan. Bunda tadbirkorning toifasi (mikro, kiçik, örta, yirik), sotib olingan mahsulotning qiymati, kunlik tovaraylanma hajmi hisobga olinmagan. Masalan, çekka hududdagi kiçik savdo dökoniga ham, katta savdo tarmoğiga ham bir xilda jarima qöllanilmoqda. Soliq qömitasi tomonidan uşbu masala böyiça biron-bir taklif bildirilmadi.
Yana bir masala. Soliq qömitasi raqamlaştiriş bahonasida biznesga ortiqça tösiq yaratgan taklifni muhokamalarsiz joriy qildi. Endi, heç narsa bölmaganidek “E-aktiv” dasturidan osongina voz keçildi. Ungaça qança tadbirkorlar qiynaldi. Nega Qömita taşabbusni çuqur öylamasdan ilgari suradi? Qömita notöğriligini tan olib, xulosa çiqarişi kerak.” – deya ta’kidladi partiya lideri.
Şuningdek, Xaitov tadbirkorlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilişda barça tadbirkorlarga “yaxşi taniş” bölgan Soliq kodeksining 2271-moddasiga alohida töxtalib ötdi.
“Aytişim kerakki, Soliq kodeksining mazkur moddasida belgilangan moliyaviy jarima miqdori tadbirkorlarimiz hafsalasini pir qilgan edi. Jarimaning haddan taşqari yuqori ekanligi ularning e’tirozlariga sabab bölgandi. Şundan söng partiya taşabbusi bilan mazkur modda qayta körib çiqildi. Tadbirkorlar bilan ötkazilgan muhokamalardan söng Soliq kodeksining uşbu moddasida közda tutilgan jarima miqdori hisobot çoragida olingan sof tuşumning 100 foizidan 2 foizga tuşirildi”.
Haitov partiya birgina şu taşabbusi bilan bankrotlik yoqasidagi ön minglab tadbirkorlarni joniga oro kirganligini bildirdi.











