Payariqlik bir guruh fermerlardan tortib olinib, klasterga berib yuborilgan yerlar Kun.uz suriştiruvidan söng rasmiylar e’tiboriga tuşdi. Maqolada keltirilgan faktlar Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi tomonidan örganib çiqilgan.

Kengaşga köra, Payariq tumani “Yaşil diyor” MMTP hududidagi bir guruh fermer xöjaliklari, şu jumladan “Islomjon agroservis”, “Toğdagi lolazor”, “Madina Mirişkor dalasi”, “Samadtirkaş dalasi” va “Guliston serquyoş dalasi” fermer xöjaliklarining paxta-ğallaçilik yönalişidagi yer maydonlari Payariq tumani hokimining 2019 yil 25 yanvardagi 294-K-sonli qarori bilan noqonuniy tarzda “Samarqand Cotton Cluster SCC” MÇJ klaster korxonasiga olib berilganligi aniqlangan.

Örganiş davomida Payariq tumani hokimining uşbu qarori qabul qilingunga qadar yuqorida nomlari körsatilgan fermer xöjaliklari rahbarlarining yer ijara şartnomasini bekor qiliş töğrisida yozma ravişda rozilik arizalari olinmagani va tuman hokimligi bilan fermer xöjaliklari örtasida tuzilgan yer ijara şartnomasi bekor qilinmaganligi aniqlangan.

Vaholanki, Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq, fermer xöjaligining yer maydoni yer uçastkasidan ixtiyoriy voz keçilgan taqdirda yoki sud tartibida olib qöyilişi mumkin.

Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşining tuman bölimi tomonidan 2022 yil 24 iyun kuni Samarqand tumanlararo ma’muriy sudiga “Islomjon agroservis”, “Toğdagi lolazor”, “Madina Mirişkor dalasi”, “Samadtirkaş dalasi” va “Guliston serquyoş dalasi”kabi jami 5 ta fermer xöjaliklarining yer maydonlarini “Samarqand Cotton Cluster SCC” MÇJga ajratib beriş haqidagi Payariq tuman hokimining 2019 yil 25 yanvardagi 294-K-sonli qarorini haqiqiy emas, deb topiş töğrisida da’vo arizalari kiritildi.

Kengaş tomonidan hozirda Payariq tumanidagi yana 10 ta fermer xöjaliklarining yer maydonlarini “Samarqand Cotton Cluster SCC” MÇJga ajratib beriş haqidagi Payariq tuman hokimining qarorini haqiqiy emas, deb topiş töğrisida da’vo arizalari tayyorlanmoqda, deyiladi kengaş munosabatida.