Aktam Xaitov partiyaning saylovoldi dasturining asosiy yönalişlari, xususan, 5 maqsad va 500 vazifa doirasida kelgusi beş yilda amalga oşiriladigan loyihalar töğrisida batafsil ma’lumot berdi. Saylovoldi dasturidagi birinçi maqsad – barqaror iqtisodiy ösiş orqali har bir inson, oila va jamiyat farovonligiga erişiş yuzasidan rejalaştirilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.


ÖzLiDeP öz dasturida yalpi içki mahsulot hajmini 2030 yilga borib 160 milliard dollarga, aholi jon boşiga töğri keladigan daromadni 4 ming dollarga yetkaziş taklifini ilgari surdi. Partiya kelgusi beş yilda mamlakat tadbirkorlari sonini 3 million nafardan oşiriş, barqaror iş joylarini yaratiş, kambağallikni qisqartiriş, davlatning iqtisodiyotga aralaşuvini çeklaş, qulay biznes muhitini şakllantirişni maqsad qilmoqda.


Uçraşuvda, navbatdagi beş yillik yakunida kambağallik kölamini ikki karra kamaytiriş, aholini tadbirkorlikka jalb qilişning "mahallabay" dasturlarini işlab çiqiş partiyaning ustuvor vazifalari sifatida ta’kidlandi. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida imtiyozli kreditlarni har yili 30 foizga oşiriş, ijtimoiy tadbirkorlikni rağbatlantiriş va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini iş bilan ta’minlaş borasida tadbirkorlarga imtiyozlar beriş masalalari muhokama qilindi.












