Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Abduraşid Abduqodirov «Munosabat» körsatuvi davomida kunduzgi vaqtda avtomobillarning yaqinni yorituvçi çiroqlarni yoqib yurişi böyiça öz fikrini bildirib ötdi.

«Vazirlar Mahkamasi yöl harakati qoidalariga özgartirişlar kiritiş töğrisida qaror qabul qildi, biroq hujjat tegişli talablarga javob bermaydi. Birinçidan, hujjatda aniq sana körsatilmagan. Özgarişlar qaçondan boşlab kuçga kirişi kerak edi? Hujjat matnining özi ham tahrir qilinişi kerak. Avval çiroqlarni sutkaning yoruğ vaqtida yoqib yuriş kerak deyilgan. Bu hujjatda aytilişiça, çiroqlarni kunning yoruğ vaqtida. Kun şundoq ham yoruğ-ku. Ikkinçidan, jarima va uning miqdorlari odatda qonunçilik hokimiyati bilan muvofiqlaştiriladi. 2016 yilda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga tegişli özgartirişlar kiritdik, lekin öşanda gap mototsikllar, kolonnalar va avtobuslar haqida borgandi», - dedi deputat.

Deputatning fikriga köra, IIV jarimani 2016 yilda joriy qilgan, qoidalar esa 2019 yilda keskin özgartirildi.

«Ular jarimani 2016 yilda joriy qilişgan. Öşanda deputatlar bu ğoyani qöllab-quvvatlaşdi, sababi yirik gabaritli va kam gabaritli transport vositalari haqiqatdan ham yoqilgan çiroq bilan harakatlanişi kerak edi. Joriy yilda ular matnni özgartirişdi va barça haydovçilarni yoppasiga jarimaga tortişni boşlaşdi», - deya ta'kidlab ötdi xalq vakili.

Şuningdek, deputat Adliya vazirligini hujjatning huquqiy ekspertizasidagi passiv roli uçun koyidi. Uning aytişiça, jarimani kiritayotgan payt deputatlarning roziligini oliş uçun boşqa sabab bahona qilib körsatilib, köpçilik ovoz olingan.

«Men yaqinda saylov okrugiga bordim va taksiga ötirdim. Haydovçi menga çiroqlarni körsatdi. Haqiqatdan ham faralar va simlar kuyib ketgan. Lupa erigan. Bu fakt. Demak, heç narsani örganib çiqişmagan. Endi haydovçi baribir zararga tuşmoqda. Biz, deputatlar, çiroqlarni faqat avtobuslar va mototsikllar kunduz kuni yoqib yurişi ğoyasini qöllab-quvvatladik», - dedi u.

Bundan taşqari, xalq vakilining ma'lum qilişiça, deputatlar qonun loyihasini tayyorlaş va bu masalani qayta körib çiqişni möljallamoqda.

Eslatib ötamiz, 10 maydan kunduzgi vaqtda yaqinni yorituvçi çiroqlarni yoqib yurmaganlik uçun haydovçilar jarimaga tortila boşladi. Jarima miqdori eng kam iş haqining 50%ini taşkil etadi. Takror sodir etiş sanksiya miqdoriga ta'sir körsatadi – öta «aşaddiy» qoidabuzarlarga EKIHning 4 baravari miqdorida jarima solinadi yoki haydovçilik guvohnomasidan yarim yilga mahrum etiladi.