Oliy Majlis Senati Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi da Farğona va Surxondaryo viloyatlari çiqindi poligonlari ahvoli tanqid qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
2019 yil 23 may kuni Oliy Majlis Senati Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasining «Çiqindilar töğrisida» gi Özbekiston Respublikasi Qonunining çiqindilarni saqlaş, kömib taşlaş va utilizatsiya qilişga doir talablariga oid qismining Surxondaryo hamda Farğona viloyatlarida ijro etilişi yuzasidan ötkazilgan örganiş natijalari muhokamasiga bağişlangan majlisi bölib ötdi.
Oliy Majlis Senati a'zosi Turğun Iskandarov bu borada batafsil ma'lumot berdi. Jumladan, Farğona viloyatida maişiy çiqindilarni kömişga möljallangan 23ta poligon mavjud bölib, yiliga örtaça 1,6 mln tonna çiqindi hosil böladi. Ular tomonidan viloyat aholisining 51 foiziga xizmat körsatiladi. Şuningdek, qoğoz, şişa, yaroqsiz avtomobil şinalari, polietilen mahsulotlar qoldiqlari va boşqa turdagi çiqindilarini qayta işlaşga ixtisoslaşgan jami 20 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Senator hududdagi çiqindi poligonlari talab darajasida emasligini ta'kidlab, çiqindilarni olib çiqib ketiş va ularni utilizatsiya qiliş uçun maxsus texnikalarning yetişmasligi aholiga xizmat körsatiş sifatini pasaytirayotgani va bu turli noroziliklarni keltirib çiqarayotganiga urğu berdi. Şu örinda viloyatdagi poligonlarning 5tasi öralmagani, 6tasida sanitar tarmoq, 7tasida maişiy xona hamda 8tasida texnika yuviş joyi va dizbarer mavjud emasligi xususida söz yuritdi.
Bundan taşqari, Surxondaryo viloyatida bu borada olib borilayotgan işlarga ham töxtaldi. Xususan, viloyatda maişiy çiqindilarni kömişga möljallangan 13ta poligon mavjud bölib, yiliga örtaça 2,7 mln. tonna çiqindi hosil böladi. Ularning 11 tasi «Toza hudud» DUK ga qaraşli bölib, mahalliy aholining 42 foiziga xizmat körsatadi. Ixtisoslaşgan 18ta xöjalik yurituvçi sub'yekt tomonidan qoğoz, polietilen va teri qayta işlanmoqda.
Bundan taşqari, «Toza hudud» DUKga qaraşli poligonlarni 2017-2018 yillarda qayta ta'mirlaş uçun mahalliy budjet mablağlaridan 7,5 mlrd. söm ajratilgan bölişiga qaramay, uşbu yönalişdagi işlar yetarli darajada taşkil etilmagan. Misol uçun, Şerobod, Jarqörğon va Qumqörğon tumanlarida markaziy çiqindixonalar devor bilan öralmagan, ularda sanitar tarmoq, maişiy xona, texnika yuviş joyi va dizbarer umuman yöq. Bundan taşqari, viloyatdagi çiqindilarni qayta işlaşga ixtisoslaşgan korxonalarning asosiy qismi kadastr va davlat ekologiya ekspertizasining xulosasini olmasdan faoliyat yuritmoqda.












