YeXHTning OAV erkinligi masalalari böyiça vakili Arlem Dezir tomonidan e'lon qilingan ayrim xorijiy axborot veb-resurslariga kiriş imkoniyati çeklangani haqidagi ma'lumotni örganib çiqqan Özbekistonning agentligi ayrim veb-resurslarning mamlakatda tölaqonli işlaşiga şaroit yaratdi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonovning bayonotida ta'kidlanişiça, aniqlangan texnik nosozliklarni bartaraf etiş borasida tegişli çora-tadbirlar körildi.
Şundan söng, «Voice of America», «Amerika ovozi», «BBC Uzbek», «Deutsche Welle», «Amnesty International», «Human Righs Watch», «Reporters sans frontieres», «Eurasianet.org», «AsiaTerra», «Fergana Agency», «Centre1» va «Uzmetronom» kabi veb-resurslardan töliq foydalaniş imkoni paydo böldi.
Kun.uz Özbekistonda faoliyatiga tösqinlik olib taşlangan veb-resurslar vakillari bilan muloqotda bölib, ularning sönggi özgarişlar haqidagi fikrini örgandi.
«Ayrim saytlar faoliyatida kuzatilgan tösiqlar olib taşlanişi mustaqillik yillari söz erkinligi borasida hukumat tomonidan taşlangan eng jiddiy qadam, deb bilaman. Bunga qadar, mamlakat rasmiylari tamoman teskari tamoyil bilan işlagan — taqiq, yopiş va tösiq qöyişardi. Rahbarligim ostidagi sayt tahririyat siyosatini özgartirmadi. Şunga qaramay, Özbekiston tomoni tösiqlarni olib taşladi», — deydi Ts1 boş muharriri Galima Buxarbayeva.
14 yil davomida Özbekistonda böla olmagan Buxarbayevaning sözlariga köra, veb-resurslarga qöyilgan tösiqlarning olib taşlanişi köpçilikni xursand qildi, ammo buning uçun hukumat bilan muzokaralar olib borilmagan edi.
Uşbu sözlarni tasdiqlagan Bi-bi-si özbek xizmati boş muharriri Xayrullo Fayz ayni qadamni nafaqat bu naşrlar, balki Özbekiston uçun ham manfaatli bir amal bölganini ta'kidladi.
«Bi-bi-si Özbek xizmatining bbc.com/uzbek sahifasi adaşmasam ötgan yil yozidan beri oçiq edi, ammo bbcuzbek.com yopiq qolayotgandi. Öylaymanki, ayni qaror ortida turgan mulozimlar bu qadamni mamlakatga matbuot erkinligi qançalar kerakligini anglab, ta'bir joiz bölsa, ortga yöl yöqligini bilib qöyişgan. Umid qilamanki, Özbekistonda söz erkinligi yölida hali harakatlar davom etadi. Bu yölda qilinadigan işlar talaygina», — deydi u.
Öz jurnalistik qadriyatlaridan çekinmasligini ta'kidlagan, ayni paytda Özbekistonda tölaqonli faoliyati uçun Taşqi işlar vazirligiga qilgan murojaatlari samarasiz bölayotgan tahririyat rahbarlari akkreditatsiya berilişida ham ijobiy natijani kutişini bildirdi.










