Oliy sud internet jahon tarmoğidagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan deb topilgan hamda Özbekiston hududiga olib kiriş, tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş va namoyiş etilişi taqiqlangan manba va kontentlarning yangi röyxatini e’lon qildi.
Din işlari böyiça qömitaning ma’lum qilişiça, 2025 yil 8 yanvardan 2026 yil 6 aprelga qadar jami taqiqlangan resurslar soni 244 taga oşib 1837 taga yetgan.
Tahlillarga köra, eng katta ösiş Instagram’da – 121 ta bölgan. Şuningdek, taqiqlangan manbalar Telegram’da 65 ta, YouTube’da 23 ta, Facebook’da 21 taga oşgan. TikTok, Odnoklassniki va veb-saytlarda ham kamroq ösiş mavjud. Ilk bor Threads platformasida 1 ta taqiqlangan kontent aniqlangan.
«Bu holat radikal kontentning tarqaliş tendensiyasi saqlanib qolayotgani, ayniqsa vizual va qisqa formatli platformalar (Instagram, TikTok) orqali tarqalişi davom etayotganini körsatadi», deyiladi Diniy qömita bayonotida.
2026 yil 6 aprel holatiga taqiqlangan materiallar:
- Telegram messenjerida 855 ta kanal va postlar;
- Instagramʼda 386 ta profil va materiallar;
- Facebookʼda 270 ta turli profil, sahifa va maqolalar;
- Youtubeʼda 190 ta kanal va media mahsulotlar;
- Tik-tokʼda 62 ta profil;
- Odnoklassnikiʼda 39 ta profil;
- Threadsʼda 1 ta manba;
- 14 ta turli sayt va dasturlar;
- 20 ta kitob va ma’ruzalar Özbekiston hududida taqiqlangan manbalar qatoriga kiritilgan.
























