Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining ma'lumotiga köra, dunyo aholisining deyarli yarmi eng kerakli tibbiy xizmatlar bilan töliq qamrab olinmagan. 800 milliondan ortiq aholi yoxud dunyo aholisining 12 foizi daromadlarining kamida 10 foizini soğliqni saqlaş xarajatlariga sarflaşadi.

Texnologik taraqqiyot tibbiyotdagi oğriqli masalalarni hal qilayotgan bölsa-da, köplab davlatlarda qaşşoqlik aholi salomatligi darajasi kötarilişiga yöl qöymayapti. Natijada, oçlik va nosoğlom yaşaş tarzi millionlab odamlar hayotini qiyinlaştirmoqda. Xöş, muammoni bartaraf etiş yöllari bormi?

Eng optimal yeçimlardan biri majburiy tibbiy suğurtani joriy qilişdir. Bunda moliyaviy baquvvat bölmagan aholining barça qatlami ham töliq tibbiy xizmat bilan qamrab olinadi. Ammo sanoqli rivojlangan davlatlargina uşbu suğurta turini amaliyotga muvaffaqiyatli kiritgan. Çunki tizimni yölga qöyiş uçun tibbiyot butun mamlakat böylab bir xil darajada rivojlangan bölişi talab etiladi, bundan taşqari bir qança iqtisodiy-ijtimoiy omillar tibbiy suğurtani amaliyotga taniştirişga xalaqit qiladi.

Tibbiy suğurta şunday imkoniyatki, u nafaqat aholi salomatligini kafolatlaydi, balki tibbiyotdagi oğriqli masalalar (tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasi, korrupsiya, byurokratizm, navbatda turiş, kadrlar taqçilligi va boşqalar) ni ham ijobiy tomonga özgartiroladi.

Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga a'zo davlatlarning barçasi 2030 yilga borib umumiy majburiy suğurta (universal tibbiy qamrov)ni joriy etişni maqsad qilib qöyişgan. Özbekistonda-çi? Majburiy tibbiy suğurtani amaliyotga kiritiş mumkinmi? Bu borada qanday işlarni qiliş kerak? Xalqaro tajribada bu özini qançalik oqlagan?

Oliy Majlis huzuridagi Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bölim boşliği Hamdam Otajonov uşbu masala yuzasidan öz fikrini Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Tibbiy suğurtaning maqsadi nima?

Tibbiy suğurta sohasida dunyo amaliyotida asosan ikki turdagi tibbiy suğurta: ixtiyoriy va majburiy tibbiy suğurta amal qiladi. Sönggi yillarda tibbiy xizmat narxlari qimmatlaşib ketayotganligi heç kimga sir emas. Bunday holatda aholining zaif qatlamlarida yuqori malakali tibbiy xizmatlardan foydalaniş uçun moddiy imkoniyat bölmay qolişi mumkin. Majburiy tibbiy suğurtaning asosiy maqsadlaridan biri ham aynan mana şu muammoni bartaraf etgan holda, tibbiy xizmatlardan foydalanişda barçaga bir xil imkoniyat yaratib berişdir. Majburiy tibbiy suğurta joriy etilişi tibbiy xizmat sifatini oşişiga olib kelib, öz navbatida fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş huquqini tölaqonli amalga oşiriş imkonini beradi. Sodda qilib aytganda, fuqaro soğliği yomonlaşib qolgan hollarda tibbiy xizmatlar uçun birdaniga katta miqdordagi mablağni tölay olmaslik xavfini oldini oliş uçun majburiy tibbiy suğurtadan foydalaniladi. 

Majburiy tibbiy suğurta joriy etilişi tibbiy xizmatlar narxining arzonlaşişiga olib kelib, fuqarolarga bir xil narxda xohlagan tibbiyot muassasasida sifatli tibbiy xizmat oliş imkonini beradi. Eng asosiysi, fuqarolarning tibbiy xizmat uçun «öz çöntagidan»  (out of pocket paymens) tölaydigan pul miqdori kamayadi. Öz navbatida, majburiy tibbiy suğurtada iştirok etayotgan fuqarolar soğlom payti ham tölovlar (suğurta mukofoti) tölaşlari mumkin böladi.


Majburiy tibbiy suğurta joriy etişning qanday talablari bor?

Bunda quyidagi vazifalar bajarilişi lozim:

1. Soğliqni saqlaş tizimini moliyalaştiriş majburiy tibbiy suğurtaga moslaştirilişi, ya'ni davlat tomonidan maxsus suğurta kompaniyasi (fond)ni taşkil etiş;

2. Tibbiy suğurta kompaniyalari (fondlari) va davolaş-profilaktika taşkilotlari örtasida munosabatlarni aniq huquqiy tartibga soliş;

3. Majburiy tibbiy suğurta tomonidan qoplanadigan tibbiy xizmatlar röyxatini şakllantiriş;

4. Şifokorlar fuqarolarni davolaşda örnatilgan klinik protokollar va standartlarga bir xilda amal qiliş;

5. Majburiy tibbiy suğurta joriy etiladigan aholi qatlamlari va ular tölaydigan pul miqdorini aniq örnatişi, şu jumladan imtiyozli aholi qatlamlarini belgilaş;

6. Tibbiyot muassasalari va tibbiy suğurta bozori boşqa iştirokçilarining elektron hujjat almaşinuvini joriy etiş;

7. Fuqarolarga majburiy tibbiy suğurtaning afzalliklari böyiça töğri tuşuntiriş işlari olib boriş.

Hukumat bundan qançalik manfaatdor?

Majburiy tibbiy suğurtani joriy etilişi tibbiy xizmatlar körsatilişi arzonlaşuviga olib kelişi sababli davlat budjetidan xarajatlar kamayadi, mazkur sohada yagona tizim yaratilişi oqibatida byurokratizm kamayib, davlat boşqaruvi osonlaşadi. Bolalarning soğliğiga e'tibor oşişi natijasida ular soğlom bölib ösişi ta'minlanadi va kelajakda kelib çiqişi mumkin bölgan ijtimoiy xarajatlar oldi olinadi. Hukumat fuqarolarning soğliğini saqlaş maqsadida inson soğliğiga salbiy ta'sir körsatuvçi sohalarni tartibga solişni kuçaytiradi, (masalan tamaki va alkogol mahsulotlari), natijada mazkur mahsulotlar narxi oşadi.

Xalqaro tajriba

Rivojlangan 33ta davlatdan 32tasida umumiy majburiy tibbiy suğurta tizimi joriy qilingan bölib, ular quyidagi 3 turdagi majburiy tibbiy suğurtadan birini qöllaşadi:

1.Yagona tölov tizimi – davlat soğliqni saqlaş tizim uçun fuqarolardan alohida soliq undiradi. 32ta davlatdan 12tasida bu tizim joriy etilgan (xususan Buyuk Britaniyada).

2. 6ta davlatda esa majburiy suğurta polisi (insurance mandate) sotib olinadi. Mazkur tizim barça fuqarolardan iş beruvçi orqali yoki davlatdan majburiy tibbiy suğurta sotib olişni nazarda tutadi (Germaniyada kuzatiladi).

3. Qolgan 9ta davlatda ikki poğonali tizim (davlat budjeti va xususiy suğurta kompaniyalari) joriy etilgan bölib, bu tizimda davlat eng asosiy tibbiy xizmatlar uçun fuqarolardan soliq undiradi va bu tibbiy xizmatlarni bepul ta'minlab beradi. Fuqarolar qöşimça tibbiy xizmatlar uçun özlari mustaqil tölovlarni amalga oşirişlari mumkin (Fransiya misolida).

Suğurta bozorida kutilayotgan ta'sir

Gross Insurance suğurta kompaniyasi Olmazor tumani filiali direktor örinbosari Dilnoza Umarova:

«Ayni vaqtda respublikada tibbiy suğurtaning ixtiyoriy turi mavjud. Bu suğurta turi asosan yuridik şaxslar tarafidan ixtiyoriy tarzda xarid qilib kelinmoqda. Özbekistonda ixtiyoriy tibbiy suğurtani sanoqli taşkilotlar (Lukoyl, Nestle-Özbekiston va boşqalar) öz xodimlariga ijtimoiy paket tarzida takdim etişadi. Endi tasavvur qiling: respublikada qançadan-qança taşkilotlar faoliyat körsatib kelmoqda? Ular yoppasiga tibbiy suğurta polisini sotib olişgaç, suğurta bozorida tibbiy suğurta hajmi nisbatan keskin sur'atlarda oşişiga olib keladi. Suğurta bozorida kuçli raqobat tizimi vujudga keladi. Şuningdek, suğurta kompaniyalari örtasida suğurta xizmatlarini takomillaştiriş böyiça majburiyatlar yuzaga keladi. Misol uçun, mijoz 200 ming söm suğurta mukofotini tölaydigan bölsa, örtaça hisobda unga 1 mln.sömlik tibbiy xizmat körsatiladi va bu mablağ suğurta kompaniyasi tomonidan qoplab beriladi. Öz-özidan suğurta kompaniyasi sarflagan ortiqça summasini yana mijozlarni çaqiriş orqali qoplab olişga harakat qiladi. Natijada, suğurta kompaniyalari öz foydasi uçun xizmat sifatini oşiradi» .

Özbekistonda ham majburiy tibbiy suğurta joriy etiladimi?

Soğliqni saqlaş vazirligi majburiy tibbiy suğurtani joriy qiliş bölimi boşliği Abzalxöja Abduqodirov uşbu masala yuzasidan axborot berdi:

«Majburiy tibbiy suğurtani joriy etiş böyiça 2019 yilgi Davlat dasturining 160-bandida aniq vazifalar belgilangan. Unga köra, Soğliqni saqlaş vazirligiga 2019 yilning 1 iyulida Qonunçilik palatasiga qonun loyihasini taqdim etişi lozim. 2018 yil 7 dekabridagi 5590-sonli Prezident farmonida majburiy tibbiy suğurtani joriy qiliş böyiça maxsus işçi guruh tuzilişi topşiriği berilgan. Vazirlik qoşida taşkil etilgan bölimda mana 6 oydan beri qonun loyihasini tayyorlaş böyiça işlar olib borilyapti. Unda 2021 yildan boşlab 2025 yilgaça majburiy tibbiy suğurtani bosqiçma-bosqiç joriy qiliş közda tutilgan. Suğurtalaş 3 bosqiçda amalga oşiriladi:

1. Qisqa muddatda - tayyorgarlik bosqiçi (2019-2021 yillar);

2. Örta muddatli istiqbolda-majburiy tibbiy suğurtani joriy etişning dastlabki bosqiçi - davlat va xususiy taşkilotlar xodimlarini suğurtalaş (2021-2023 yillar);

3. Uzoq muddatda-majburiy tibbiy suğurtani kengaytirilgan joriy etiş bosqiçi – axolining barça qatlamlarini suğurta bilan qamrab oliş (2023-2025 yy.)

Abduqodirovning ta'kidlaşiça, qonun loyihasini tayyorlaşda Janubiy Koreya va Turkiya davlatlari ijobiy tajribasi asos qilib olindi va uni tayyorlaşda mahalliy (şifokor, suğurtaçi, moliyaçi va boşqalar)va JSST ekspertlari iştirok etdi. 

«Endi moliyalaştiriş masalasiga ötsak. Rejaga köra, 2020 yilda maxsus jamğarma taşkil etilib, uning manbalari (Moliya vazirligi hali uşbu moliyaviy manbalarni tasdiqlamaganligi sababli uşbu röyxat özgarişi mumkin) quyidagilar böladi:

  •  aholi daromadidan tölanadigan suğurta badallari;
  • alkogol va tamaki mahsulotlarini sotilişidan tuşgan tuşumlardan qilinadigan ajratmalar (masalan, aksiz soliği hozir 12% bölsa, majburiy tibbiy suğurta joriy etilgandan keyin u 1%ga oşirilişi mumkin va şu 1 foiz jamğarma hisobiga ötkaziladi);
  • inson soğliği va atrof-muhitga zarar keltiruvçi zavod-fabrikalardan tölanadigan ajratmalar (bunda ham xuddi şu tartib amal qiladi).

Yana bir muhim ma'lumotga e'tiboringizni qaratmoqçiman: majburiy tibbiy suğurtalaşni faqatgina mana şu jamğarma amalga oşiradi. Nima uçun suğurta kompaniyalari jarayonda iştirok etmaydi? Çunki xalqaro tajribani örganganimizda, ular faqat vositaçi vazifasini bajarişi mumkin, ya'ni mijozni topib, şartnoma tuzadi xolos. Moliyalaştiriş esa jamğarma zimmasiga yuklanadi. Suğurta kompaniyalarining iştiroki ijobiy hol, albatta. Ammo buning salbiy jihatlari köproq ekanligi isbotlangan. Bitta misol: uşbu vaziyatda suğurta kompaniyalari aholining soğlom qatlamiga köproq e'tibor bera boşlaydi. Aksinça, qariyalar, nogironlarga suğurta polisini rasmiylaştirişdan qoçişga harakat qilişadi, çunki kompaniyalarning asosiy maqsadi foyda oliş hisoblanadi. Şuni inobatga olgan holda, majburiy tibbiy suğurtalaşni jamğarma bajaradi (ixtiyoriy tibbiy suğurta bundan mustasno)» , —  deydi u.

«Majburiy tibbiy suğurta joriy qilinsa, şifokor bemorning soğliğiga qayğuradi, uning çöntagiga emas» 

Abduqodirov majburiy tibbiy suğurtaning hayotga tatbiq etilişi tibbiyotda ança yillardan beri töplanib qolgan muammolarni bartaraf etişi haqida ham fikrlarini bayon etdi. 

Unga köra, eng katta muammo – korrupsiogen harakatlar kamayadi. Suğurta polisi bilan kelgan bemorga şifokorlar har qaçongidan köra sifatliroq xizmat körsatişadi, çunki u özi bilan mablağ olib kelyapti, ya'ni suğurta kompaniyalari tibbiy xizmat haqini tölab berişadi. 

«Buning ortidan şifoxonalarning moddiy ahvoli yaxşilanadi. Natijada, xodimlarga yuqori maoş tölanadi. Oldingidek bemorlarning çöntagiga «köz tikilmaydi» . Asosiy e'tibor uning soğliğini tiklaşga qaratiladi. Ikkinçi ijobiy tarafi tibbiyot muassasalari örtasida soğlom raqobat kuçayadi. Bunda ular köproq bemorlarga xizmat körsatiş uçun sifatni oşirişga harakat qilişadi: moddiy-texnik bazani yaxşilaş, malakali kadrlarni jalb qilişga urinişadi. Uçinçidan, tenglik prinsipi şakllanadi. Bemorning ijtimoiy kelib çiqişiga e'tibor beriş barham topadi. Şifokor uçun boy-kambağalning ahamiyati yöqoladi», — deydi u. 

Xulosa örnida aytiş mumkinki, uşbu tizimni joriy qilişdan oldin tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi butun respublika böylab bir xil bölişi kerak. Poytaxt fuqarosi bilan çekka qişloq aholisiga teng darajada tibbiy xizmat körsatilişi lozim. Bunga birdan erişiş bölmaydi va ma'lum vaqt talab qiladi. Rivojlangan davlatlarda ham majburiy tibbiy suğurtani joriy etiş uçun 20-30 yillab vaqt ketgan. Özbekiston şaroitida yaqin yillar içida tizim yölga qöyiladigan bölsa, albatta,boşida kamçiliklardan holi bölmaydi. Lekin muhim jihati şuki, majburiy tibbiy suğurta tibbiyot rivoji yölida qöyilgan eng dadil qadam bölib qoladi.

Muhabbat Ma'mirova tayyorladi