“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Istiqomatning ahamiyati”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toşkent şahridagi “Katta Qozirobod” masjidi imom-xatibi Abduqahhor Yunusov şarhlab berdi.
YouTube
Tas-IX
Sufyon ibn Abdulloh (r.a) rivoyat qiladilar:
“Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga dedim: “Yo Rasululloh! Menga Islomga taalluqli bir söz ayting, toki u haqida sizdan boşqasidan söramay”. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam javoban aytdilar: “Allohga iymon keltirdim deb ayt, söngra esa töğri böl”.
Hadisdagi “istiqomiyat”dan murod, qoim turiş, töğri yuriş, umrni töğri sarflaş. Şu ma'noda ham tuşuniş mumkin böladi. Ya'ni, iymonga berilgan va'daga muvofiq, ana şu va'daning ustidan turişlikka bu hadis bizni çaqiryapti. Bu Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan keyin dastur bölib qolyaptiki, iymondan keyingi amal, şu iymonga sodiqlik.
Çunki iymonda sodiq bölib turişning ma'nolaridan biri, buyurilgan amallarga, halolni halol, haromni harom deb yaşaşlik. Bu ham istiqomatda, ya'ni iymonda davomiy turişlikka dalolat qiladi. Demak yuqoridagi hadisdan ma'no, halol va haromning örtasini farqlaşda mustahkam böliş, insonlarga aziyat berişdan özini ehtiyot qiliş, aksinça, din-şariat buyurgan gözal amallarda musobaqalaşiş zarur ekan.











